$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Toshkentda daromadlar oshdi, Surxondaryoda esa eng past ko‘rsatkich qayd etildi

daromad

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 896,3 trillion so‘mga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sish bo‘lib, daromadlarning ortishiga norasmiy iqtisodiy faoliyat ham ta’sir qilgani aytilmoqda. 2023-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 1,19 kvadrillion so‘m yoki 101,6 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, 2024-yilda ham o‘sish davom etmoqda. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.

Aholining o‘rtacha daromadi qanchaga oshdi?

Shaxsiy daromadlar ham oshdi. Inflyatsiya hisobga olinsa, aholining o‘rtacha real daromadlari 16,1 foizga oshib, real o‘sish 5,9 foizni tashkil etdi. 2023-yilda aholi jon boshiga yillik o‘rtacha daromad 20 million so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 24,1 million so‘mga yetdi. Bu oyiga o‘rtacha 2 million so‘m daromad degani. 

Eng yuqori daromadlar

Hududlar bo‘yicha qaralganda, Toshkent shahri eng yuqori daromadga ega bo‘ldi. Bu yerda aholi daromadlari 44,4 million so‘mdan 60,6 million so‘mgacha oshdi. Navoiy viloyatida 31,4 million so‘mdan 38,1 million so‘mgacha, Buxoroda 23,5 million so‘mdan 27,5 million so‘mgacha, Toshkent viloyatida esa 20,7 million so‘mdan 25,1 million so‘mgacha yetgan. 

Eng past daromadlar

Mamlakatning ayrim hududlarida daromad darajasi pastligicha qolmoqda. Eng past ko‘rsatkichlar Namangan viloyatida 16,85 million so‘m, Qoraqalpog‘istonda 16,86 million so‘m va Surxondaryo viloyatida 17,88 million so‘m bo‘ldi. Shunday qilib, Surxondaryo aholisi mamlakat bo‘yicha eng past daromad ko‘rsatkichiga ega hudud sifatida qayd etildi.

Теги :
Jamiyat