$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda daraxt kesgan fuqaro kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekadigan bo‘ldi

daraxt kesish

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining xabar qilishicha, Toshkent shahri Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) daraxtini kesgani aniqlandi.

8 million 840 ming so‘m tabiatga zarar

Holat yuzasidan qilingan murojaat joyiga chiqib o‘rganilganida Madadkor MFYda fuqaro Y.U. tomonidan 1 ta daraxt kesilib, o‘sishdan to‘xtash darajasida shikast yetkazilgani aniqlangan. Oqibatda tabiatga 8 million 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

BHMning 25 baravari

Y.U.ga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 8 million 500 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 million 340 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Shuningdek, unga Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga asosan kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.