Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +10°

2025-yilning shu vaqtigacha 848 tup daraxt noqonuniy kesildi — Bosh prokuratura

Respublikamizda e’lon qilingan moratoriy hanuz amal qilib, daraxtlarni nobud qilish yoki shikastlash uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo choralari belgilangan. Jumladan, moratoriy joriy etilgunga qadar bo‘lgan davrga nisbatan bu kabi qonunbuzarliklar 60 foizga kamaygan. Shu bilan birga, noqonuniy daraxt kesish holatlari butunlay yo‘qolgani yo‘q.

1 daqiqa o‘qiladi

Shu vaqtgacha qancha daraxt noqonuniy kesildi?

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 2025-yilning oʻtgan davrida respublika boʻyicha 848 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan. Har bir holatda aybdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq jazo choralari qoʻllanilgan.

Bir necha o‘n yillik chinorga qasddan shikast yetkazildi

Masalan, joriy yilning 13-fevral kuni Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri, “Zilol” MFY, Huqandiy mavzesidagi bir necha oʻn yillik chinor daraxtiga qasddan shikast yetkazildi.

Ikki nafar shaxs ushbu daraxtni yoʻq qilishga urinish davomida ekologiya va ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik koʻrsatib, ularni haqoratlashgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va boshqa moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.