“Crocus”ga hujum bo‘yicha tergov rekord muddatda yakunlandi
Ish mart oyida Bosh prokuraturaga yuborilishi va hujumning 1 yilligida, ya’ni 22-mart kuni sudga yuborilishi kutilmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Crocus City Hall’dagi terakt bo‘yicha tergov bir yildan kamroq vaqt ichida yakunlandi, bunday tergovlar odatda kamida bir yarim yil davom etadi.
Sud qachon bo‘lib o‘tadi?
Yaqin kunlarda 27 nafar sudlanuvchi materiallar bilan tanishishni boshlagan va har biriga faqat o‘ziga tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan. Ish mart oyida Bosh prokuraturaga yuborilishi va hujumning 1 yilligida, ya’ni 22-mart kuni sudga yuborilishi kutilmoqda.
Ayblanuvchilar
Asosiy ayblanuvchilar – Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rachabalizoda, Shamsiddin Fariduni va Muhammadsobir Faizovlarga terrorchilik harakati, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va terrorchilik tashkilotida ishtirok etishda ayblangan.
Maqsad — chet eldagi tashkilotchilarni aniqlash
Sudga taqdim etiladigan hujjatlar asosiy tergovdan ajratilgan materiallar bo‘lib, asosiy tergov hanuz davom etmoqda. Maqsad – hujumga aloqador barcha shaxslarni, jumladan, chet elda joylashgan tashkilotchilarni aniqlash.
FSB maʼlumotlariga koʻra, hujumdan oldin ular “Islomiy davlat”ning boʻlinmasi boʻlgan Xuroson viloyatiga bayʼat bergan.
Terakt haqida
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 22-mart kuni terrorchilar “Krokus Siti Xoll”ga bostirib kirib, “Piknik” guruhi konserti oldidan odamlarga qarata o‘t ochgan va yong‘in chiqargan edi.
Oqibatda, 146 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq kishi jarohat olgan, 2 200 kishi jabrlanuvchi sifatida tan olingan edi. Jinoyatchilar qochishga harakat qilgan, biroq Bryansk viloyatida qo‘lga olingan edi.



