Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Teraktning o‘zbekistonlik qahramoni

“Crocus”dagi terakt vaqtida o‘zbekistonlik yigit 100 ortiq odamni qutqarib qoldi.

2 daqiqa o‘qiladi

Teraktning o‘zbekistonlik qahramoni

Rossiyadagi  “Crocus city hall”da sodir bo‘lgan terakt vaqtida Oʻzbekiston fuqarosi Komil Nesibov 100 dan ortiq odamni qutqarib qolgani aytilmoqda. Bu haqda "AIF" nashri xabar berdi.

Jabrlanuvchidan qo‘ng‘iroq

Komil Nesibov jabrlanganlarni tez yordam mashinalariga sudrab borgan, 80 ga yaqin odamni chiqish joyiga olib borgan va tasodifan jabrlanuvchi qiz qoʻngʻiroq qilgan telefonni topib olgan. Qiz alanga ichidan olib chiqilgan.

“Crocus”dagi smena

"AIF" nashri yozishicha, fojia yuz bergan kuni Komil Nesibov doʻsti bilan birga “Crocus”da yarim kun ofitsiant boʻlib ishlagan. Smena 19:55 atrofida tugagan. Tashqariga chiqishganda qattiq portlash ovozini eshitilgan. Komil va uning doʻsti qoʻrqib, eng yaqin binoga yugurgan.

80 ga yaqin odamni tashqariga chiqishiga yordamlashgan

Ammo keyin qaytishga qaror qilishgan. Komil oʻqdan yaralangan bir necha kishini yoʻl chetiga sudrab chiqqan va konsertga kech qolganlarning hammasini tarqatib yuborgan. Binoda Komil eshiklarni buzib, odamlarga qayerga qochish kerakligini koʻrsatgan.

Bino tutun ichida qolganida Oʻzbekiston fuqarosi pastki qavatdagi koridorlardan birida boʻlgan 80 ga yaqin odamni tashqariga chiqishiga yordamlashgan.

“Odamlarni qidirib yugurib yurganimda, polda fonari yonib turgan smartfonga koʻzim tushdi va yoʻlni yoritish uchun uni oldim. Telefon jiringladi — Kamilla ismi yozilgan edi, qiz trubkaga baland ovoz bilan qichqirdi va uni qutqarishni soʻradi. U qoʻrquvda edi, atrofdagi hamma narsa yonayotganini aytdi va oʻzi ikkinchi qavatdaligini maʼlum qildi”, — deydi Komil Nesibov.

Qo‘ng‘iroq qilgan qiz ham qutqarildi

Oʻsha paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining yonida boʻlgan Komil ularga hammasini tushuntirib bergan, ular oʻzbekistonlik erkakni tutundan boʻgʻilgan holatida binodan olib chiqqan.

Qiz qutqarilgan, Komil keyinroq qutqaruvchilar orqali Kamillaga telefonni bergan, — deyiladi xabarda.