$
 12880.35
-29.8
 14535.47
-125.3
 156.68
-3.1
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Teng yarim jinoyat iqtisodda

turma kishan

Pul bilan bog‘liq istalgan sohani iqtisodiyot desa bo‘ladi. Lekin, jinoyatga kelganda buning turlari anchagina farqlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili sodir etilgan jinoyatlarning deyarli yarmi iqtisodiyotga bog‘liq bo‘lgan.

43,7 foiz ulush

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda sodir etilgan jinoyatlar soni jami 104 096 tani tashkil etgan. Ularning aksariyati esa iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlardir. Statistika agentligi keltirayotgan raqamlarda jami jinoyatlar soniga nisbatan iqtisodiy jinoyatlar 43,8 foiz ulushga to‘g‘ri kelgan.

Dominant firibgarlik

Hisobot davrida aniqlangan iqtisodiy sohadagi jinoyatlar orasida esa 18 492 ta yoki jami iqtisodiy jinoyatlarga nisbatan 40,6 foiz firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lgan.

Shu bilan birga 14 851 ta yoki jamiga nisbatan 32,6 foiz o‘g‘rilik, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish hamda 5 660 ta yoki jamiga nisbatan 12,4 foiz o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari sodir etilgan.

3 yillik natijalar

Ajablanarlisi, ro‘yxatning dastlabki uch o‘rini band qilgan ushbu turdagi jinoyatlarning avvalgi ikkitasi, ya’ni firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari oxirgi uch yilda ketma-ket kamaygan bo‘lsa, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati uchinchi yilda ham o‘sishni qayd qilgan. Unga ko‘ra, o‘zlashtirish jinoyati 2021-yilda 5 077 ta, 2022-yilda 5 650 ta va 2023-yilda 5 660 tani tashkil qilgan.

Barcha jinoyatlar raqamlarda

Ma’lumot uchun, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, jami jinoyatlarning soniga nisbatan jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar – 24 foiz, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyati tartibiga qarshi jinoyatlar – 16,4 foiz hamda shaxsga qarshi jinoyatlar – 15,2 foizni, shuningdek, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar – 0,4 foiz va ekologiya sohasidagi jinoyatlar – 0,2 foizni tashkil etgan.