$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Jinoyat qurbonlari va guvohlarga davlat tomonidan kompensatsiya to‘lab beriladi

Victim/guvoh

O‘zbekistonda jinoyat jarayoni ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilmoqda. Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, endilikda jinoyat ishi doirasida jabrlanganlar, guvohlar va boshqa ishtirokchilarga bir martalik nafaqa to‘lanadi. Ushbu mablag‘lar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘lanadi va soliqdan ozod qilinadi.

Jabrlanuvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi nizom

Hukumat qarori (VMQ-103-son, 21.02.2025 y.) bilan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat prosessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat prosessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi. 

Jinoyat jarayonida jabrlanganlarga qanday yordam beriladi?

Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat prosessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:

— halok bo‘lganligi (vafot etganligi);

— unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;

— unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;

— mulkiy zarar yetkazilganligi.

Qanday holatlarda kompensatsiya beriladi?

Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

• shaxs vafot etganda uning oila a’zolari har biriga teng ulushda - BHMning 100 baravari miqdorida;

• shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda, nogironlik guruhiga ko‘ra:

  I guruh - BHMning 80 baravari miqdorida;

  II guruh - BHMning 70 baravari miqdorida;

  III guruh - BHMning 50 baravari miqdorida.

  nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:

  og‘ir daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;

  o‘rta daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;

  sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja - BHMning 25 baravari miqdorida.

Bu mablag‘ kim tomonidan to‘lanadi?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ etib belgilandi. Nafaqa olish bo‘yicha qaror 10 kun ichida amalga oshirilishi shart. Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi. Ushbu qaror 2025-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat