$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

UzAuto Motors "Cobalt 2"ni chiqarishni rejalashtiryaptimi?

Cobalt 2

Kompaniya "Cobalt" avtomobili modelini yangilash va ishlab chiqarish uchun 2024 – 2026-yillarda 67,4 million dollar ajratadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi qarorida maʼlum qilingan.

Qaror mazmuni

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonda 2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga doir hukumat qarori qabul qilingan bo'lib, hujjatda mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil axborot berilgan. Qarorda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan jami qiymati 948,3 million dollarlik loyihalar (6,5 million dollarlik o‘z mablag‘lari) amalga oshirilishi belgilangan. Shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 37,2 million dollarni tashkil etgan.

Yangi model

Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 1-yanvar holatiga mazkur mablag‘lardan o‘zlashtiriladigan miqdori 310,1 million dollar qolgan. Yanvar–mart oylarida o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar esa 43,7 million dollar bo‘lishi tahmin qilingan. Kompaniya loyihalari orasida "Chevrolet Cobalt" modelini yangilash (Cobalt MCM) va ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi alohida o‘rin olgan. Unga ko‘ra, loyihaning 2024 – 2026-yillarda amalga oshiriladigan qismi uchun 67,4 million dollar sarflanishi va 150 ming dona "Cobalt" ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Mazkur mablag‘lardan 3,8 million dollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil etgan. Loyihaning umumiy mablag‘idan 2024-yil I chorakda o‘zlashtiriladigan miqdori 3,8 million dollar bo‘lishi belgilangan.

BYD kompaniyasi

Shuningdek, qarorga ko‘ra “O‘zavtosanoat” Jizzax shahrida qiymati 122,6 million dollarlik Xitoyning "BYD" kompaniyasi elektromobil va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Shundan 4 million dollari “O‘zavtosanoat”ning o‘z mablag‘lari, 17,6 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan qoplanishi belgilangan. Loyiha doirasida 2023—2024-yillarda 50 ming dona "BYD" ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bunda joriy yil 1-yanvar holatiga o‘zlashtirilmagan mablag‘lar 89 million dollar. 2024-yil I chorakda 21,6 mln dollar o‘zlashtirish prognoz qilingan.

O'tgan yildagi natijalar

“O‘zavtosanoat” amalga oshirishi ko‘rsatilgan loyihalar ichida ishlab chiqarish hajmi va quvvatlarini oshirish, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari ham o‘rin olgan bo'lib, bundan avval UzAuto Motors 2023-yilda ishlab chiqargan yengil avtomobillarning 118 093 donasi "Cobalt" hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekani xabar qilingandi. Ma'lumot uchun, kompaniya 2023-yil 25 – 27-dekabr kunlari "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillari uchun jami 171 ming 200 dan ortiq onlayn shartnomalar tuzdi. Mazkur avtomobillar 2024-yilda ishlab chiqarilishi va mijozlarga yetkazilishi rejalashtirilgan.