Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Citigroup tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi

FT manbalarining ta’kidlashicha, hodisa kiritishdagi xatolik va noqulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan zaxira tizimi bilan bog‘liq.

1 daqiqa o‘qiladi

Citigroup tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi

Citigroup tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Bir yildan keyin ma’lum bo‘lgan xatolik

Unga ko‘ra, to‘lov 2024-yil aprel oyida amalga oshirilgan, biroq ushbu holat bir yil o‘tgach oshkor etilgan. Shu bilan birga, to‘lovni amalga oshirgan bank xodimi ham, tranzaksiyalarni tekshirishi kerak bo‘lgan ikkinchi mansabdor shaxs ham xatoni payqamagan.

Shubhali to‘lovni tranzaksiya qayta ishlanganidan bir yarim soat o‘tgach, bankning uchinchi xodimi aniqladi, yana bir necha soat o‘tgach, o‘tkazma bekor qilindi.

Xato to‘lovni o‘tkazgan bankga ham, mijozga ham ta’sir qilmagan

Citigroup hodisa haqida Federal zaxira tizimi va Pul muomalasi nazorati boshqarmasini xabardor qilgan. Xato to‘lovni o‘tkazgan bankga ham, mijozga ham ta’sir qilmagan.

FT manbalarining ta’kidlashicha, hodisa kiritishdagi xatolik va noqulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan zaxira tizimi bilan bog‘liq.