$
 12935.27
39.72
 14367.20
28.64
 160.47
1.09
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Qaysi biri yaxshiroq ko‘kmi yoki qora choy?

Choy

Choy, choyxona, choylashaylik kabi so‘zlar o‘zida o‘zbek millati an’analarini namoyon qiladi. Masalan, uyga mehmon kelsa choy uzatiladi, ovqatlandan keyin albatta choy ichiladi, sovchilar qizning uyiga borganda ham uning choy uzatishiga baho berishadi. Xullas biz uchun suvdan keyin turuvchi ichimlik bu choydir. Xo‘sh choyning qanday foydali va zararli tomonlari bor? O‘zbekiston eng ko‘p qayerdan choyni import qiladi?

Ko‘k choy foydalimi yoki qora choy?

Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, qora choyning tayyorlanish jarayonida uning foydalilik xususiyati 2 marta kamayar ekan. Lekin bu qora choyning zararligini belgilamaydi. Ko‘k va qora choy bir-birini to‘ldirib turuvchi damlamalardir. Diyetologlar tushlikkacha qora choy, tushlikdan keyin esa ko‘k choy ichishni maslahat berishadi. Sababi tushlikkacha organism tetik turishi, kechasi esa organlar toksinlardan holi bo‘lishi lozim.

Tavsiyalar

Koʻk va qora choylardagi efir moddalarning vaqt oʻtgan sayin tarkibining oʻzgarishi, choylarning qaysi vaqtda ichilishini hamda taʼsirini belgilab beradi:

— Choyni damlagandan 2 daqiqa ichida ichish odamni tinchlantiradi;

— 5 daqiqa oraligʻida ichish, ish qobiliyati tiklanishini taʼminlaydi;

— Undan keyingi vaqtlarda choyni isteʼmol qilish, asosan, chanqoqni qoldiradi.

Qora choy ichadigan kishi yurak xastaligiga chalinmaydi

— Ilmiy tadqiqot xulosalariga koʻra, qora choy tarkibidagi polifenollar ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi.

— Yevropalik olimlar kun davomida 3–4 piyola choy ichadiganlarda yurak xastaliklarining yuzaga kelish xavfi 21 foizga kamayishini isbotlashgan. Toʻgʻri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo meʼyorida boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq.

— Qora choydagi polifenol hamda katexin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini oʻtaydi. Yevropalik olimlar tadqiqoti xulosasi qora choy isteʼmol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini koʻrsatgan.

Ko‘k choyning foydasi

Koʻk choyning foydali xususiyatlari:

— Fermentatsiya qilinmagani uchun koʻk choyning foydali xususiyatlari koʻproq: A, B, B1, B2, B15, K, P darmondorilari, ftor, kaliy, mis, rux, sink kabi moddalarga boy (ularning turi 300 dan oshadi).

— Tarkibidagi antioksidantlar erta qarishdan asraydi. Tarkibidagi kofein moddasi tetiklashtiradi.

— Tanadagi zaharli moddalarni chiqarib yuboradi, onkologik xastaliklar xavfini pasaytiradi, qalqonsimon bez faoliyatini barqarorlashtiradi.

— Koʻk choy tishlar uchun ham foydali, viruslarga qarshi kurashuvchi hisoblanadi.

— Choy bilan yuzdagi yogʻlar yuvib tashlansa, yoqimsiz yaltiroqlikdan xalos bo‘lish mumkin.

Zararli tomonlari ham bor

Har bir mahsulotning foydasi bo‘lganidek zararli tomonlari ham bo‘ladi. Hamma narsa me’yorida bo‘lgani yaxshi.

Qora choy ko‘z bosimini oshiradi shuning uchun Glaukomasi bor insonlar ichmasligi kerak. Homiladorlar, qon bosimi yuqorilar, aritmiyasi, varikoz va aterosklerozi bor kishilar uni cheklangan miqdorda ichishlari shart.

Qon bosimi, oshqozon kasalliklari bor kishilar ko‘k choydan ehtiyot bo‘lishlari shart. Sog‘lom odamga ham kuniga ko‘k choyni 3-5 piyoladan ko‘p ichish tavsiya qilinmaydi. Me’yorning buzilishi qon bosimining o‘ynashiga, giperfaollk va uyquning buzilishiga olib kelishi mumkin.

2024-yilda O‘zbekiston eng ko‘p Xitoydan choy sotib olgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 548 tonna choy import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 178,5 tonnaga kamaygan. O‘zbekiston 2 oyda 15 ta davlatdan choy xarid qilgan. Shulardan top beshtalikning 1-o‘rinida Xitoy(5 446 tonna), 2-o‘rin Eron(285 t), 3-o‘rin Keniya(275 t), 4-o‘rin Hindiston(165 t) va 5-o‘rinda Qozog’iston(88,9 t) davlatlari joy olgan.