Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi
Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali va keyingi bosqichlariga qur’a tashlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali va keyingi bosqichlariga qur’a tashlandi.
Qur’a haqida
Joriy hafta 8 ta pley-off ishtirokchisi aniqlandi. Jamoalar yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun o‘tish o‘yinida ishtirok etishdi. Endi 16 ta jamoa asosiy bosqich turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqqan holda, ikkita ehtimoliy raqibdan biri bilan o‘ynaydi. Qur’ani UYEFA bosh kotibi o‘rinbosari Jorjio Marketti olib bordi.
Nimchorak va chorakfinal bosqichlaridagi juftliklar
Demak, qur’a natijalariga ko‘ra, 1/8 final juftliklari quyidagicha:
- “Aston Villa” - “Bryugge”
- “Lill” - “Borussiya D”
- “Atletiko” - “Real Madrid”
- “Bavariya” - “Bayer”
- “Arsenal” - PSV
- “Inter” - “Feyeyenord”
- “Barselona” - “Benfika”
- “Liverpul” - PSJ.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Non shahrida jamoalar 1/4 final bosqichidagi o‘zining ehtimoliy raqiblarini ham bilib olishdi.
“PSJ”/“Liverpul” — “Bryugge”/“Aston Villa”
“Real”/Atletiko” — “Arsenal”/PSV
“Benfika”/“Barselona” — “Bavariya”/ “Bayer” — “Borussiya D”/“Lill”
“Inter”/“Feyenoord”
Ma’lumot uchun, ushbu bosqichining dastlabki o‘yinlari 4-5-mart kunlari, javob o‘yinlari esa 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



