Chiqindi xizmatlari bo‘yicha debitor qarzdorlikni qisqartirishga erishildi
2024-yilning 6 oyi davomida 48 mlrd. so‘m miqdoridagi debitor qarzdorliklari qisqartirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda AOKAda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati rahbari Dilnoza Komilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
SMS xabarnoma yuborish tizimi
2024-yil 1-apreldan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun mavjud qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin notarial harakatni amalga oshirish va SMS xabarnoma yuborish tizimlari yo‘lga qo‘yildi.
Yarim yillik natija
Yarim yillik hisobida Respublikada mavjud 9 442 ta mahalladan 9 319 tasi, ya’ni 86 foizi, 36,8 mln nafar istiqomat qiluvchi aholining esa 26,5 mln. nafari, ya’ni 62 foizi qamrab olindi. Xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 204 ming nafarga oshdi. Abonentlar soni esa 7 mln. 109 mingdan ortdi.
GPS qurilmalari
Sanitar tozalash korxonalari tasarrufidagi mavjud jami 4 194 ta avtotransport vositalaridan 3 450 tasiga ya’ni 82,5 foiziga GPS qurilmalari o‘rnatildi.



