$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

Chiqindi uchun qarzdor bo‘lsangiz, elektr energiyasi to‘lovlari bloklanadi

chiqindi

Senatorlar chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha qarzdorliklarni undirishning yangi tartibini tasdiqladi. Endilikda, agar sizning chiqindi uchun qarzingiz bo‘lsa, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklanadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Tizim qanday ishlaydi?  

Chiqindi uchun qarzdorligi bor iste’molchilarga avval SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, elektr energiyasi uchun to‘lov vaqtincha bloklanadi. Muhimi, elektr ta’minoti darhol uzilmaydi, biroq balans tugagan taqdirda, chiqindi uchun qarz to‘lanmaguncha hisobni to‘ldirish mumkin bo‘lmaydi. Qarzdorlik bartaraf etilgach, cheklov avtomatik ravishda olib tashlanadi.  

 Xatoliklar bo‘lsa, kim javobgar?  

Hisob-kitoblarning to‘g‘ri yuritilishi chiqindi yig‘ish va olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga yuklatiladi. Agar iste’molchiga noto‘g‘ri qarz hisoblab chiqilsa, “Maxsustrans” kabi tashkilotlar javobgar bo‘lishi kerak. Biroq aynan qanday jazo choralari qo‘llanilishi va noto‘g‘ri hisob-kitoblar uchun iste’molchi kompensatsiya oladimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum.  

 Tizim mukammal ishlashi kerak  

Asosiy e’tibor tizimning to‘g‘ri ishlashiga qaratilishi lozim. Oldin elektr hisoblagichlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani yodda – iste’molchilar qarzni to‘lagan bo‘lsa ham, avtomatik ulanish kechikib, qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shuning uchun chiqindi bo‘yicha qarz yopilgach, elektr energiyasi to‘lovlariga qo‘yilgan blokirovka kechiktirmasdan olib tashlanishi juda muhim.

Теги :
Jamiyat