$
 12035.22
21.82
 13915.12
84.09
 167.95
4.08
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini e’lon qildi

sanksiya

Yevropa Ittifoqi chorshanba kuni Ukrainadagi urushi uchun Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini taklif qilishni rejalashtirildi. Bu mamlakatning bank va kripto tarmoqlariga qaratilgan bo‘lib, bank inqirozi ehtimolini va Moskvaning tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralar olib borishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqining diplomatik manbasi. Paketda 90 tagacha bank ro‘yxatiga kiritilishi kutilmoqda - bu bir vaqtning o‘zida eng katta sanksiya paketi deya izohlanmoqda.

Banklar Yevropa Ittifoqining aktivlarni muzlatish, sayohat qilish va tranzaksiyalarni taqiqlash kabi cheklovlar ostida qoladi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqining EEAS diplomatik bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatlardan tashqari, Yevropa Komissiyasi Rossiyaga uchinchi mamlakatlar, jumladan, G‘arb cheklovlaridan qochishga yordam beradigan 35 ta bank, shuningdek, o‘nlab kripto platformalari bilan operatsiyalarni taqiqlashni taklif qildi.

Sanksiyalar miqdori

Yevropa Ittifoqi sanksiyalar tarmog‘ini kengaytirish orqali Rossiya iqtisodiyotiga 1,5 trillion dollarlik zarar yetkazishni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Ittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaja Kallas dushanba kuni Kiprda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining norasmiy uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlovchi yana 80 ta tashkilot va shaxsga nisbatan yangi cheklovlarni ko‘rib chiqmoqda deya xabar beradi. Kallasning so‘zlariga ko‘ra, 80 yangi sanksiyalar Rossiyaning "harbiy-sanoat kompleksi, inson huquqlarini buzuvchilar va propogandachilar"ga qarshi taklif qilingan.

Hozirgacha Yevropa Ittifoqi qo‘llagan sanksiyalar miqdori

"Putin pul, kuch va tezlikni yo‘qotmoqda", dedi Kallas va G‘arb sanksiyalari Rossiyaga allaqachon 1,2 dan 1,5 trillion dollargacha zarar yetkazganini ta’kidladi. "Aynan shuning uchun Rossiya Ukraina fuqarolariga qarshi hujumlarini kuchaytirmoqda". "Biz Rossiyaning harbiy iqtisodiyotining poydevorini g‘ishtma-g‘isht qulatmoqdamiz” dedi Yevropa Parlamenti a’zosi Kaja Kallas

Eslatib o‘tamiz, 1,2–1,5 trillion dollar zarar bahosi Kallasning siyosiy bayonoti hisoblanadi. Bu raqamni mustaqil iqtisodiy institutlar tomonidan tasdiqlangan yagona rasmiy hisob-kitob sifatida qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Rossiya va G‘arb manbalarida sanksiyalarning haqiqiy iqtisodiy ta’siri yuzasidan turli baholar mavjud.

Sanksiyalardan tushgan mablag‘lar nima ishlatiladi?

Kallas mablag‘lar nafaqat a’zo davlatlarga qurol yetkazib berish uchun tovon puli to‘lash, balki qo‘shma qurol sotib olish va Yevropa Ittifoqining harbiy yordamini moliyalashtirish uchun ham ishlatilishi kerakligini taklif qildi.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar o‘z pozitsiyasini yumshatgani sababli, Yevropa Ittifoqi Moskvaga bosimni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Mart oyida blok 2600 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxsga qarshi sanksiyalarni, jumladan, sayohat cheklovlari va aktivlarni muzlatish sanksiyalarini kengaytirgan edi

Теги :
Jamiyat