$
 12191.30
-29.68
 14464.98
-30.32
 158.51
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlar uchun qoʻyilgan cheklovlar yanada koʻpaymoqda

migrant

Rostov oblasti gubernatori Yuriy Slyusar imzolagan farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha xorijiy fuqarolar kuryerlik, oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari savdosida ishlay olmaydi. 1-martdan esa ularga qimmatbaho metalllar savdosi va fitnes markazlar faoliyatida ishtirok etish taqiqlanadi.

Patent asosida ishlayotganlarga taalluqli

Yurist Svetlana Leusova ta’kidlashicha, cheklovlar patent asosida ishlayotgan migrantlarga taalluqli. Bunday patentni Ozarboyjon, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari olishi shart.

Hozirga qadar Rossiyaning kamida 32 subyekti, jumladan Sankt-Peterburg ham, shunday cheklovlarni joriy etgan. Turli hududlarda taqiqlar yetkazib berish, taksi, savdo va boshqa xizmat sohalariga taalluqli.

Migrantlarni yollash cheklanadi

Yil boshida «Vedomosti» nashri barcha hududlarda, Moskva aglomeratsiyasi va Ukraina anneksiya qilingan hududlaridan tashqari, mehnat migrantlarini yollash cheklanishi rejalashtirilayotganini xabar qilgan edi.

2027–2029-yillarda migrantlarni faqat IIV nazoratidagi uyushgan yollash mexanizmi orqali jalb qilish mumkin bo‘ladi. Bu doirada xorijiy ishchilar reyestri va ish beruvchilar reyestri yaratiladi. Rossiya hukumati har yili hududlar kesimida xorijiy ishchilar ulushini belgilaydi. Uyushgan yollashdan tashqari tarzda ishga qabul qilish taqiqlanadi.

Hudud byudjetiga foydasi

Har bir mehnat migranti uchun hudud byudjetiga oyiga 1,2 ming rubl miqdorida avans Jismoniy shaxslari daromad solig‘i (NDFL) to‘lovi tushadi. Agar migrantning qaramog‘idagi qarindoshlari Rossiyada yashasa, qo‘shimcha hisob-kitoblar qo‘llanadi.

IIV bahosiga ko‘ra, mehnat migrantlarini uyushgan yollash orqali byudjetga har yili taxminan 22 mlrd rubl tushumi ta’minlanishi mumkin. Yangi qonun 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat