$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

OpenAI ChatGPT’dan senzurani olib tashlamoqchi

ChatGPT

“OpenAI” kompaniyasi sun’iy intellekt modellarini o‘qitish yondashuvini o‘zgartirmoqda. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.

Chat-bot gapirmaydigan mavzular soni kamayadi

Bu orqali “mavzu qanchalik murakkab yoki bahsli bo‘lishidan qat’i nazar, intellektual erkinlikni” ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi.

Natijada, “ChatGPT” ko‘proq savollarga javob bera oladigan, turli xil nuqtai nazarlarni taklif qiladigan va sun’iy intellekt chat-boti gapirmaydigan mavzular sonini kamaytiradigan bo‘ladi.

Maqsad – Tramp ma’muriyati e’tiborini qozonish

Ushbu o‘zgarishlar “OpenAI”ning yangi Tramp ma’muriyati e’tiborini qozonishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo shu bilan birga, ular Silikon vodiysidagi va “sun’iy intellekt xavfsizligi” tushunchasidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarning ham bir qismi hisoblanadi.

“Haqiqatni birgalikda izlang”

“Haqiqatni birgalikda izlang” deb nomlangan yangi bo‘limda “OpenAI, ba’zi foydalanuvchilar buni axloqsiz yoki haqoratli deb hisoblashsa ham, “ChatGPT” muayyan nuqtai nazarni egallamasligini xohlashini ta’kidlaydi.

Bu shuni anglatadiki, “ChatGPT” bahs-munozarali mavzular bo‘yicha bir nechta fikrlarni taqdim etadi va bunda to‘liq betaraflikka intiladi.

Bu yaxshimi yoki yomon?

Buning ortidan chat-bot xavfli qurol yoki foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buni misollarda ko‘radigan bo‘lsak, yaqinda ijtimoiy tarmoqlar ikki masala anchagina muhokamaga sabab bo‘ldi. Birinchisi, youtube blogeri tomonidan ChatGPT orqali qurolni ishga tushurish bo‘lsa, ikkinchisi Tramp mehmonxonasining oldida Tesla Cybertruckning portlashi bo‘lgan. Har ikkalasida ham chat-bot buyruqlarni bajarish ortidan xavfli qurolga aylangan. Senzuraning yo‘qolishi esa bundanda xavfliroq fojialarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi tomondan esa, bu axloqsiz bo‘lgan savollarga ham yechim topishga yordam beradi va izlanish imkoniyati anchagina kengayadi.

ChatGPT’ning yangi modellari

Shuningdek yaqinda, “OpenAI” bosh direktori Sem Altman “X”dagi rasmiy sahifasida chat-botning yangi modellari haqida so‘z yuritgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tez orada (bir necha hafta yoki oylardan so‘ng) yangi sun’iy intellekt modeli “GPT-4.5” chiqishi rejalashtirilgan, undan keyin esa eng kuchli va bepul “GPT-5” paydo bo‘ladi.

GPT seriyali modellarni yagona tizimlarga birlashtirish rejasi

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, “OpenAI” mahsulotlari qatori juda kengayib ketgan, ularning nomlari esa odamni chalg‘itadi. Shuning uchun ishlab chiquvchilar odatiy belgilarga qaytishni rejalashtirmoqdalar.

Ular uchun asosiy maqsad “o” seriyali modellar va GPT seriyali modellarni yagona tizimlarga birlashtirish bo‘ladi.

Shunday qilib, neyron tarmoqlar so‘rovlarni mustaqil ravishda tahlil qila oladi va “qachon uzoq o‘ylash kerakligini va qachon yo‘qligini tushunadi va umuman olganda, juda keng ko‘lamli vazifalar uchun foydali bo‘ladi”.

GPT-4.5 va GPT-5 modellari

Ta’kidlanishicha, tez orada chiqadigan “GPT-4.5” fikrlar zanjiri funksiyasiga ega bo‘lmagan so‘nggi model bo‘ladi. Hozirda bu ishlanma Orion deb nomlanmoqda.

Keyinchalik, aniq vaqti ko‘rsatilmagan holda, “GPT-5” paydo bo‘ladi. Sem Altmanning yozishicha, ushbu chat-bot kompaniyaning ko‘plab texnologiyalari va ishlanmalarini, jumladan, “o3” versiyasini o‘zida mujassam etadi. Shu sababli, “o3” versiyasi “OpenAI"ning mavjud mahsulotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi.

ChatGPTdan ham kuchliroq Grok

Bundan tashqari, kuni kecha amerikalik milliarder Ilon Mask oʻzining X ijtimoiy tarmogʻi asosida “Grok 3” aqlli sunʼiy intellektni taqdim etishi haqida yozgan edik. Unga ko‘ra, Grok sunʼiy intellektining yangilangan modeli hatto uni ishlab chiquvchilar jamoasi uchun ham tushunarsiz boʻlgan yechimlarni taklif qilishi mumkin. Shuningdek, X ijtimoiy tarmogʻidagi chat-bot bizga tanish boʻlgan ChatGPTʼdan tezroq ishlaydi, u matnli soʻrovlarga javob bera oladi, yuqori sifatli rasmlarni yaratishni va kod bilan ishlashni biladi. Grok real vaqt rejimida X dan maʼlumot olishi mumkin, bu boshqa shunga oʻxshash chat-botlardan muhim afzallikdir.

Теги :
Jamiyat