$
 11914.67
3.74
 13735.23
-49.29
 148.27
0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Yana bir marta isbotlandi: ChatGPT bergan ma’lumotlarning yarimi noto‘g‘ri

ChatGPT

Yaqinda Dikin universitetida o‘tkazilgan tadqiqot ChatGPT chat-botidan akademik izlanishlarda foydalanishning ishonchliligi borasida jiddiy savollarni tug‘dirdi.

Noto‘g‘ri ma’lumotlar va uydirma iqtiboslar

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chat-botdan olingan ma’lumotlarning yarmidan ko‘pi noto‘g‘ri yoki uydirma iqtiboslardan iborat bo‘lib, ko‘plab havolalar mantiqsiz yoki mavjud bo‘lmagan manbalarga yo‘naltirilgani aniqlandi. Bu holat ChatGPTning ilmiy faoliyatda qo‘llanishini shubha ostiga qo‘yib, uning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. Ayniqsa, ko‘plab olimlar turli ilmiy yo‘nalishlarda ishlash jarayonini tezlashtirish maqsadida ushbu vositadan keng foydalanayotgan bir paytda bunday natijalar muhim ahamiyatga ega.

ChatGPTga topshiriq

Tadqiqot davomida universitet mutaxassislari ChatGPTga ruhiy salomatlik bo‘yicha oltita mavzuda adabiyot sharhi tayyorlash topshirig‘ini berishdi.

Natijada chat-bot tomonidan taqdim etilgan 176 ta iqtibosning 35 tasi (19,9%) to‘liq uydirilgan bo‘lib, sun’iy intellekt “gallyusinatsiyalari” sifatida baholanishi mumkin. Qolgan 141 tasi (45,4%) esa noto‘g‘ri sahifa raqamlari, mos kelmaydigan nashr sanalari yoki mavjud bo‘lmagan DOI identifikatorlari kabi xatolarni o‘z ichiga olgan.

43 foizga to‘g‘ri javob

Faqatgina 77 ta iqtibos (43,8%) to‘g‘ri va aniq deb topildi. Biroq xatolarni ustidan bir zumda anglash qiyin: masalan, soxta DOIlarning 64 foizi mavzu bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan materiallarga, qolgan 36 foizi esa butkul mavjud bo‘lmagan havolalarga tegishli bo‘lib chiqqan. Shunday ekan, iqtiboslar qo‘lda tekshirilmasa, ko‘pchilik bunday xatolarni payqamasligi mumkin.

Shu bois tadqiqotchilar ChatGPTdan foydalanishda hushyorlikni kuchaytirish, aniq qo‘llanmalar ishlab chiqish, inson tomonidan tizimli tekshiruvni yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy jurnallar va ilmiy muassasalarda himoya mexanizmlarini mustahkamlash zarurligini ta’kidlashmoqda.

Faqat ChatGPT emas…

Shuningdek, yaqinda Yevropa teleradiokompaniyalar ittifoqi (EBU) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ChatGPT, Claude, Gemini va boshqa sun’iy intellekt asosidagi chat-botlar o‘z javoblarining 40 foizigacha qismini to‘qib chiqaradi, biroq bu ma’lumotlarni fakt sifatida taqdim etadi.

Kuzatuvlar natijasida:

  • Eng ko‘p xatoliklar yangiliklar mavzusi, ayniqsa mintaqaviy voqealar haqida javob berilganda yoki turli manbalardan ma’lumotlarni birlashtirish jarayonida kuzatilgan.
  • ChatGPT ba’zan “Papa Fransisk tirik” deb da’vo qilgan, Microsoft Copilot esa Shvetsiyaning NATOga a’zo ekanini tan olmagan.
  • Google Gemini Donald Trampning qayta saylanish ehtimolini tilga olgan — bu esa AQSh qonunlariga zid holat.
Теги :
Jamiyat