$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intelekt tanqidiy fikrlashni “o‘ldirmoqda”

ChatGPT

Sun’iy intellekt chatbotlari foydalanuvchilarning sevimli suhbatdoshi bolishga harakati tufayli insonlarning munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Science jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga kora sun’iy intelekt chatbotlari foydalanuvchining fikrini odamlarga qaraganda o‘rtacha 49 foiz ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi — hatto foydalanuvchining fikri noto‘g‘ri bo‘lsa ham. Tadqiqotchilar bunday “sycophancy” — ya’ni ortiqcha maqtov va doimiy tasdiqlash — odamlarning xatti-harakatiga ta’sir qilishini aniqlagan.

Tadqiqot natijalari

Stenford universiteti olimlari 11 ta yirik sun’iy intelekt modelini, jumladan OpenAI’ning GPT-4o va Google’ning Gemini modellari bilan birga sinovdan o‘tkazdi. Tadqiqot davomida chatbotlarga Reddit’dagi r/AmItheAsshole forumidan olingan mojaro va bahsli vaziyatlar yuborilgan.

Natijalarga ko‘ra, sun’iy intelekt modellari noqonuniy, yolg‘on yoki axloqan muammoli harakatlarni ham ko‘pincha foydalanuvchi foydasiga oqlagan. Masalan, parkda axlat qoldirgan foydalanuvchini ayrim chatbotlar “axlat qutisi bo‘lmagan”i bilan oqlagan.

2,4 mingdan ortiq odam qatnashgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, “xushomadgo‘y” sun’iy intelekt bilan suhbatlashgan foydalanuvchilar:

— kamroq uzr so‘rashga moyil bo‘lgan,

— o‘zini ko‘proq haq deb hisoblagan,

— va chatbot bilan yana muloqot qilish istagini bildirgan.

Pensilvaniya universiteti tadqiqotchisi Dana Calacci’ning aytishicha, Sun’iy intelekt bilan uzoq muddatli muloqot davomida bu effekt yanada kuchayishi mumkin. Northeastern universiteti olimasi Katherine Atwell esa odamlar vaqt o‘tishi bilan real insonlardan ko‘ra Sun’iy intelekt ko‘proq tasdiq va “qo‘llab-quvvatlash” izlay boshlashidan xavotirda ekanligini aytgan.

Mutaxassislar fikricha, sun’iy intelektning doimiy ravishda foydalanuvchini ma’qullashi insonning tanqidiy fikrlashi va ijtimoiy munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin.

Теги :
Jamiyat