$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

“ChatGPT” endi barcha uchun tekin bo‘ldi

ChatGPT

“OpenAI” “ChatGPT” qidiruv tizimini barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qildi. Bu haqda kompaniya “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Roʻyxatdan oʻtish shart emas

“ChatGPT”da qidiruv endi barcha uchun mavjud, ro‘yxatdan o‘tish shart emas,” — deyiladi kompaniya xabarida.

“The Verge” xabariga ko‘ra, yangi funksiya bilan “ChatGPT” suhbat-boti internetdan ma’lumot izlashi va foydalanuvchiga javobni shakllantirishda foydalangan manbalar ro‘yxatini taqdim etishi mumkin bo‘ladi.

Pulli versiya qoladi

Qayd etilishicha, kompaniya “ChatGPT Plus” pulli versiyasini qoldiradi va u orqali daromad olishni davom ettirishadi.

Eslatib oʻtamiz, “OpenAI” o‘zining ilk qidiruv tizimini 2024-yil oktyabr oyida ishga tushirdi. Dastlab u faqat pullik foydalanuvchilarga taqdim etilgan bo‘lsa-da, dekabr oyiga kelib barcha ro‘yxatdan o‘tgan “ChatGPT” foydalanuvchilari uchun ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

“OpenAI” kompaniyasi o‘z qidiruv tizimini “Google” va “Bing"ga raqobatchi qilishni maqsad qilgan.

Теги :
Jamiyat