$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangiyo‘lda 7 kg dan oshiq og‘irlikdagi qizaloq tug‘ildi

7 kg chaqaloq

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri tumanlararo perinatal markazida og‘irligi 7 kg 3 gramm bo‘lgan qiz chaqaloq dunyoga keldi. Bunday yuqori vaznga ega chaqaloqlar juda kam uchraydi. Ona kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirilgan bo‘lib, bu uning to‘rtinchi farzandi ekani ma’lum qilindi

Tibbiy kuzatuv va ona-bola ahvoli 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chaqaloqning ahvoli qoniqarli. Ona ham yaxshi holatda bo‘lib, u va yangi tug‘ilgan qizaloq shifokorlar nazorati ostida.  

Bu birinchisi emas  

2024-yilning noyabr oyida Nurafshon shahrida ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan. O‘shanda salkam 7 kg og‘irlikdagi o‘g‘il chaqaloq dunyoga kelgandi.  

Chaqaloqlar uchun standart vazn 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 37-40 haftalik muddatda tug‘ilgan o‘g‘il chaqaloqlarning o‘rtacha vazni 3,3 kg, qiz chaqaloqlarniki esa 3,2 kg bo‘lishi odatiy hisoblanadi

Har bir chaqaloq har xil rivojlanadi, shu sababli ular turli vazn va o‘lchamlarda bo‘lishi tabiiy holat sanaladi. Mutaxassislar 2,5 kg dan kam bo‘lgan vaznni past deb hisoblaydi, biroq bu chaqaloqning jismoniy rivojlanishida muammo borligini anglatmaydi.

Теги :
Jamiyat