O‘zbekistonda yana bir avtomobil kompaniyasi mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Runking Motor O‘zbekistonda Changan va Deepal avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Changan va uning subbrendlari Deepal va Changan Nevo’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Runking Motor Co. Ltd. o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida Central Asia Motors Co. (CMG) bilan Changan avtomobillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish bo‘yicha strategik kelishuv imzoladi. Bu haqda Autostrada nashri ma’lum qildi.
Mahalliy oshlab chiqarishdan nima kutilmoqda?
Unga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarish Deepal S07, S05 hamda Changan Nevo Q05 va A05 modellari narxini pasaytirishi kutilmoqda. Hozirda Deepal S07 avtomobili $27 ming turadi.
“Ushbu kelishuvni imzolash kompaniyamiz va butun O‘zbekiston avtomobil bozorida muhim bosqichdir. Biz O‘zbekistonning sanoat rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shish va mijozlarimizga jahon standartlarga javob beradigan avtomobillarni taklif qilishdan faxrlanamiz”, — dedi Runking Motor Co. Ltd. vakili.
Ishlab chiqarish Central Asia Motors tomonidan amalga oshiriladi
Loyiha tashabbuskori 2024-yilda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Runking Motor Co. Ltd kompaniyasi bo‘lib, ishlab chiqarish Central Asia Motors Co zavodida yo‘lga qo‘yiladi.
Runking Motor va CMG haqida
Runking Motor Co. Ltd. O‘zbekiston hududida Changan’ning rasmiy distribyutori bo‘lib, butun respublika bo‘ylab dilerlik tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda. Kompaniya Deepal va Changan Nevo avtomobillarining keng assortimentini taklif etadi.
CMG — O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish va yig‘ish bo‘yicha yetakchi sanoat holdingi. Kompaniyaning ustav kapitali 8,8 milliard so‘mni tashkil qiladi.



