$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Avgust oyi boshida Davlat byudjeti daromad va tushumlari 3 620 mlrd. soʻmdan oshdi

byudjet

Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat xaridlari va suveren xalqaro obligatsiyalarining kotirovkalari to‘g‘risidagi avgust oyining dastlabki 10 kunlikdagi ma’lumotlari taqdim etildi. Unga ko‘ra, daromad va tushumlar 3 620,5 mlrd. so‘mni, xarajatlar esa 9 817,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat xaridlari hisobi taqsimoti

Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari hisobi quyidagicha taqsimlangan:

elektron do‘konga 70 271 xarid (773,9 mlrd. so‘m),

boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun 2 525 xarid (50,8 mlrd. so‘m), 

eng yaxshi takliflarni aniqlash uchun 3 688 xarid (2 878,8 mlrd. so‘m), 

tender savdolari uchun 328 xarid (941 mlrd. so‘m).

6 oydagi maʼlumotlar

Maʼlumot uchun 2024-yil 1-yarim yilligida Davlat byudjeti daromadlari 2023-yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshib, 121,0 trillion so‘mni tashkil qildi.

Daromadning 80,6 foizini soliqlar, 19,4 foizini esa soliqdan tashqari tushumlar va boshqa daromadlar tashkil etdi.

Hisobot davrida davlat byudjetining jami xarajatlari 149,8 trillion so‘mni, shundan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar 74,1 trillion so‘mni tashkil etdi.

Davlat byudjeti uchun ogʻir kelgan 2023-yil

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari 321,0 trln so‘mga, xarajatlar 380,0 trln so‘mga yetib, rekord darajani qayd etgan edi. Bunda byudjet taqchilligi yuqori darajada o‘sib, qariyb 59 trln so‘mni (YIMga nisbatan 5,5 foiz) tashkil etdi. 

Oʻtgan yilda Davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalar miqdori 29255 mlrd soʻm boʻldi. Shundan 5514 mlrd soʻmi ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar uchun ajratildi.