$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

BYD Seagull rasmiy dilerda 16 400 dollardan sotiladigan boʻldi

BYD

Oʻzbekistonda xususiy tadbirkorlar tomonidan 14 300 dollardan boshlab taklif qilinayotgan BYD Seagull Flying rasmiy dilerda 16 400 dollardan sotiladi. 

“Oʻzavtosanoat” joriy yilning iyul oyida BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishgani, bu modellar BYD Seagull va e2 boʻlishi haqida ma'lum qilgandi.

BYD Seagull'ning Flying komlektatsiyasi narxi

6-sentyabr kuni dilerlik tarmoqlari orqali sotiladigan, bir quvvatlashda 405 km masofa bosadigan BYD Seagull'ning Flying komlektatsiyasi narxi e'lon qilindi: 208 mln. 300 ming soʻm (16 400 dollar). Bu – Xitoydagi narxlardan (85 800 yuan yoki 12 100 dollar) 4300 dollarga qimmat.

Bu modelning Flying komlektatsiyasi xususiy avtosalonlarda 14 300 dollardan 15 ming dollargacha taklif qilinyapti. Qoʻshni Qozogʻiston bozorida ham bu avtomobilni 14 500 dollar atrofida xarid qilish mumkin.

Xitoydan keltiriladigan avtomobil narxi Oʻzbekistondagidan arzon

Xususiy avtosalonlar taklif qilayotgan narx Xitoydan avtomobilni olib kelish, QQS, qayta ishlash toʻlovi, sertifikatlash va bojxona toʻlovlari, shuningdek, tadbirkorlarning koʻradigan foydasini ham oʻz ichiga oladi. Shunda ham avtomobilning bahosi rasmiy diler taklif qiladigan narxdan 2 ming dollarga arzon.

Eslatib oʻtamiz, BYD Uzbekistan kamida 2 yil davomida bojxona boji va utilizatsiya yigʻimi toʻlamasdan, bu rusumdagi elektromobillarni yaratiladigan ishlab chiqarish quvvatlarining 50 foizigacha, ammo yiliga 10 mingdan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekistonga olib kirishi mumkin.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan BYD'lar import qilinadiganlaridan arzon boʻladi

Avvalroq, BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan BYD'lar chetdan olib kelinadiganlaridan arzon boʻlishini aytib oʻtgandi.

Shundan keyin BYD E2 modelining rasmiy narxi 19 300 dollar yoki 242 mln. soʻmdan boshlanishi ma'lum qilindi. Bu xususiy avtosalonlardagi narxdan 42 mln. soʻmga qimmat.