$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga BYD avtomobillarini olib kirish cheklanadi

byd

BYD kompaniyasi elektromobillarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega bo‘lmagani vaji bilan tartibsiz importni cheklash bo‘yicha hukumatga murojaat bilan chiqqan.

Xususiy tadbirkorlar va norasmiy dilerlar BYD ni import qilolmaydi

Joriy yilning 18-mart kuni Prezident “O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi qarorni qabul qildi. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyulga qadar «O‘zavtosanoat» va mas’ul vazirliklar tomonidan BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillari importini tartibga solish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 

Bunda mas’ullar takliflarni qonunchilik hujjatlari, jumladan, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkiloti prinsiplaridan kelib chiqib tayyorlashi kerak bo‘ladi.

Oddiy qilib aytganda 1-iyuldan keyin BYD brendiga tegishli avtomobillarni xususiy tadbirkorlar va boshqa norasmiy dilerlar O‘zbekistonga import qila olmasligi mumkin. Bu degani Xitoyda 10 ming dollar bo‘lgan elektromobillar importini to‘xtatilib, 15 ming dollarlik elektromobil 30 ming dollardan bir qo‘lli qilib sotiladi.  

Muzokara masalalari

Qarorga ko‘ra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qo‘shish bo‘yicha Investor bilan muzokaralar olib boriladi:

  • Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
  • Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
  • mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;
  • sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;
  • barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.

O’zavtosanoat raqobatni istamaydimi?

BYD elektromobillari importining chelanishiga iqtisodchi Otabek Bakirov shunday munosabat bildirdi:

O‘zbek monopolistlari, oligarxlari va chinovniklarini birlashtirib turadigan jihat bu ularning raqobatdan haddan tashqari qo’rqishidir. Chunki raqobat ularning aslida kim ekanini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘yadi. Albatta, bu ro’yhatga O‘zavtosanoatni ham kiritish mumkin. Bu xavotirlarni O‘zavtosanoat BYD bilan elektromobil ishlab chiqarish hamkorligi boshlangandayoq bildirgan edik.

Shu ma’noda “mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega bo‘lmagani uchun tartibsiz importni cheklash” ko‘rinishidagi jimjimador formulirovkaning o‘zbekchasi bu BYD avtomobillarining importini faqat O‘zavtosanoat va uning sho‘balari yoki kelishib olingan oligarxlar amalga oshiradi, degani. 

Munosabat

Rasul Kusherbayev: Shu bizda nima qilishsayam oxiri borib monopoliyaga aylanib qolaveradiya. "O‘zavtoMotors"ning xalq ustidan kulishiga endi BYD ham qo‘shilishini odamlarimiz qanday qabul qilisharkin?

Demak, oldinda bizni tanlovsiz holda sifatsiz, ba’zi detallari yo‘q elektromobillarga oldindan pul to‘lab, yarim yillab kutish kabi kulgili shartlar kutib turibdi.

Xushnudbek: Shu yangamga, shu pochcham, degan maqol bejizga emas. Bizga keladigan investorlar ham xuddi o’zimizning kompaniyalar kabi ishini taqiqlashdan, cheklashdan boshlamoqchi. Ajoyib, ta’riflashga til ojiz.

Теги :
Jamiyat