$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadbirkorlar foydasiga 2,35 milliard pul undirilgan

business money

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova Biznes-ombudsmanining birinchi chorak hisobotini taqdim etdi.

2 mingdan ortiq murojaat

 Unda ma’lum qilinishicha, Biznes-ombudsmanga 1-chorakda tadbirkorlardan kelib tushgan 2 ming 340 ta murojaatning 548 tasi bo‘yicha tadbirkorlarning huquqlari tiklangan. Kelib tushgan murojaatlarning 13 foizi soliqqa, 11 foizi bankka, kreditga oid bo‘lgan. Qolgan murojaatlar esa yer, kadastr va arxitektura, sud qarori va ijrosi, tekshiruvlar, infratuzilma va boshqa masalalarga oidligi ma’lum bo‘ldi. 

1,02 milliard asossiz to‘langan soliq

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali esa 2 003 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 527 tasi (27 foizi) hal etilgan, 1 ming 384 tasiga tushuntirish berilgan va 35 tasi rad etilgan.

Murojaatlar asosida tadbirkorlarga 2,35 milliard so‘m pul mablag‘i undirilgan. 1,02 milliard so‘m asossiz to‘langan soliq summalari qaytarilib, 1,10 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratilishida yordam ko‘rsatilgan. 

 Buyurtmaning 661 tasi kelishilgan bo‘lib chiqdi


Shuningdek, joriy yilning 3 oyida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlarni kelishish uchun kiritilgan 1 ming 168 ta buyurtmadan 507 tasi (43 foizi) kelishilgan va qolgan 661 tasi (57 foizi) tekshiruv o‘tkazish uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli rad etilgan. 

Murojaatlar ortidan 248 ta mansabdor javobgarlikka tortilgan

Tekshiruvlar qonuniyligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring doirasida aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha 248 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida jami 604 ta ta’sir chorasi, shundan 1,9 mlrd so‘mlik 23 ta da’vo arizasi, shikoyat, 17 ta taqdimnoma, 7 ta xulosa, 2 ta ogohnoma va 564 ta ma’muriy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanilgan. 

1 milliard so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etildi

Natijada, sudlar tomonidan 1 milliard so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan. Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha Biznes-ombudsman devoni tomonidan 86 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ekspertizadan o‘tkazilib, ular bo‘yicha 102 ta taklif va e’tirozlar yuborilgan.

Теги :
Jamiyat