$
 12309.99
-10.35
 14666.12
51.73
 159.64
0.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Z avlodning chorak qismi 30 yoshga yetmay “ado bo'lyapti”

Ijtimoiy soha tadqiqchilari tomonidan o'tkazilgan oxirgi so‘rovnomalar natijalari stress va ruhiy toliqish masalasida avlodlar o‘rtasidagi jiddiy farqlarni yuzaga chiqardi. Tadqiqotga ko‘ra, ishtirokchilarning 25 foizi 30 yoshga to‘lmasdanoq kasbiy hamda ruhiy inqirozni boshdan kechirmoqda.

Talker Research tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha amerikalik uchun yonish cho‘qqisi 42 yoshga to‘g‘ri kelsa-da, yosh avlod vakillari stressning eng yuqori nuqtasiga ancha erta — o‘rtacha 25 yoshda chiqayotganliklarini ma’lum qilganlar.

“Yoshlarning stress cho‘qqisini har qachongidan erta his qilayotgani hayratlanarli va bir oz xavotirlidir,” — deydi Mentalyc tadqiqotchisi, klinik psixolog Ehab Yusuf. “Men o‘z amaliyotimda buni muntazam kuzatmoqdaman: yigirma yoshlilar butunlay toliqqan va hayotga muhabbati ado bo‘lgan. Ilgari bu yoshda bunday holat deyarli uchramas edi”.

Stressning asosiy omillari

2 000 nafar katta yoshli insonlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma turli yosh guruhlaridagi stress omillarini tahlil qildi. Ma’lum bo‘lishicha, respondentlarning o‘rtacha stress darajasi ularning bardoshlik imkoniyatining yarmiga teng. Biroq, ishtirokchilarning 42 foizi o‘zlaridagi stress darajasi ushbu ko‘rsatkichdan ancha yuqori ekanligini ta’kidlashgan.

Ma’lumotlar avlodlar o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib berdi:

• Z avlodi va milleniallar (18–44 yosh): 51 foizi yuqori stressdan shikoyat qilgan.

• X avlodi va undan kattalar: Faqat 37 foizi yuqori stress darajasini qayd etgan.

Umumiy ko‘rsatkichda moliyaviy muammolar (30%) birinchi o‘rindagi stress omili bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinlarni siyosiy iqlim (26%), ishdagi bosim (25%) va jismoniy salomatlik (23%) egallagan.

Yosh avlod uchun esa asosiy muammo — ish (33%). Shuningdek, moddiy qiyinchiliklar (27%) va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar (24%) kuchli uchlikka kirgan. Aksincha, yoshi kattalar ko‘proq siyosat (27%) va jismoniy salomatlik (24%) uchun qayg‘urishadi.

Nega hayot bunchalik og‘ir?

Psixolog Ehab Yusufning ta’kidlashicha, yosh mijozlar ko‘pincha har tomonlama bosim ostida qolganliklarini aytishadi.

“Yoshlardan tez-tez "Nega hayot hozirdanoq bunchalik chidab bo‘lmas tuyulyapti?" degan savolni eshitaman. Ular nafaqat ish, balki martaba, moliya, shaxsiy munosabatlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sun’iy mukammallik kutuvlari tufayli ham bosim ostida qolishgan”.

Kelajakka nazar: 2026-yil va undan keyin

Respondentlarning uchdan bir qismi 2026-yilning hayotlaridagi eng og‘ir yil bo‘lishini bashorat qilmoqda. Shunga qaramay, optimistik kayfiyat ham yo‘q emas. 42% ishtirokchi joriy yilning qolgan qismi o‘tgan yilga nisbatan yaxshiroq bo‘lishidan umidvor.

Qizig‘i shundaki, qatnashchilarning 83 foizi bugungi kunda katta hayotga qadam qo‘yish o‘n yil oldingiga qaraganda qiyinlashgan deb hisoblaydi. Bu fikrga yoshlarga (63%) qaraganda keksalar (75%) ko‘proq qo‘shilishi e’tiborga molik.

Теги :
Jamiyat