$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Katta shaharning 60 mlrd. so‘mlik “kichik o‘yinlari”

B and M

Toshkent shahar hokimiyati “Yagona buyurtmachi xizmati IK” qurilish ishlaridan “bexabar” korxonaga salkam 60 mlrd. so‘mlik qurilish loyihasini topshirgan.

Hech qanday tender o‘tkazilmagan

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar hokimiyati “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK Nukus shahri va shimoliy tumanlarda og‘ir sharoitdagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini ta’mirlash (yopish) va avariya holatdagi uylarni yangidan qurish ishlarini amalga oshirish uchun “Agro Food Nukus” MCHJ bilan hech qanday tendersiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Shartnomaning umumiy qiymati esa 55,6 millard so‘m etib belgilangan.

“Qurilish ishlaridan “bexabar” korxonaga salkam 60 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari qaysi mezon va o‘lchovlarga asosan “tortiq” qilingan?” – deya savol tashlagan keyslarni o‘rgangan “Revizor” blogi.

“Sizlar nima qilsangiz ham qonunga to‘g‘ri kelaveradi-a”

Unga ko‘ra, ikki tashkilot o‘rtasidagi shartnoma maxsus axborot portalga tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lon joylashtirilmasdan, xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan. Bunga esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 52-sonli qarori va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining 2023-yil 7-iyuldagi majlis bayoni asos bo‘lgan.

Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bundan bir yil oldin “Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan edi.

Aynan ushbu qarorda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga pudratchi va loyiha tashkilotlarini, shuningdek, tovarlarni yetkazib beruvchilarni maxsus axborot portalida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon joylashtirmasdan, xarid qilish tartib-taomillarini eketron shaklda o'tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlash vakolati berilgan. Vazirlar mahkamasining ushbu qaroridan maqsad qarorda belgilangan chora-tadbirlarni qisqa muddatda yakunlash bo‘lgan. Oqibatda esa kompaniya qurilish ishlariga hech qanday aloqasi yo‘q tashkilot bilan 56 milliard so'mlik shartnoma imzolagan.

Pudratchi tashkilot faoliyati

Shuningdek, sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi ko‘zdan kechirilganda mazkur korxonaga oid ma’lumotlar topilmagan. Bundan kelib chiqadiki “Agro Food Nukus” MCHJ avval ham, hozir ham qurilish ishlari faoliyati bilan shug‘ullanmagan. Korxonaning litsenziyasida esa uning faoliyati sifatida ixtisoslashmagan do‘konlarda asosan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan ichimliklar, va tamaki mahsulotlari chakana savdosi faoliyatini amalga oshirish ko‘rsatilgan. Tashkilotning ustav kapitali esa 10 million so‘mga teng.

 

Теги :
Iqtisodiyot