$
 12729.48
-20.27
 14156.45
14.43
 139.72
-0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonda davlat byudjetidan ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun qancha mablag‘ sarflangani ma'lum bo'ldi

Maoshlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilda davlat byudjetidan ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun qancha mablag‘ sarflanganini ochiqladi. 

Davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lum qilgan axborotga ko‘ra, o‘tgan yili ish haqi va pensiya uchun to‘lovlar miqdori 2022-yildagidan sezilarli ortgan. Xususan, davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqi uchun byudjetdan jami 93 trillion so‘m to‘lab berilgan. 2022-yilda bu raqam 78,9 trillion so‘mni tashkil qilgan.