Bir yarim yilda 10 ta ko‘prik qulagan
Bu ko‘priklarning aksariyat qismi ta’mirtalab yoki yaxshi ta’mirlanmagan holatda bo‘lgan. Ular uchun sarflangan millionlab dollarlar qayerga ketgan yoxud o‘zbek quruvchilari ko‘prik qurishni ham uddalay olishmaydimi?!
2 daqiqa o‘qiladi

Bir yarim yilda 10 ta ko‘prik qulagan
Bu ko‘priklarning aksariyat qismi ta’mir talab yoki yaxshi ta’mirlanmagan holatda bo‘lgan. Ular uchun sarflangan millionlab dollarlar qayerga ketgan yoxud o‘zbek quruvchilari ko‘prik qurishni ham uddalay olishmaydimi?!
"Qumdan qurilgan" ko‘priklar
Joriy yilning 14 iyul kuni kuchli sel tufayli Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklardan biri qulagani tasviri ijtimoiy tarmoqlar keng tarqaldi.
Garchi suv oqimi baland bo‘lmasa-da ko‘prikning o‘rtasi qulagan va suvga tushib ketgan.
Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, ko‘prikni qayta qurish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
Bu yaqin yilda qulagan birinchi ko‘prik ham emasdi. Bugunga qadar bir yarim yil ichida 10 ta ko‘prik qulaganligi aniqlandi.
Masalan, 14 iyul kungi sel oqibatida avtomobillar o‘tuvchi ko‘prikdan tashqari Xo‘jaobod tumanidagi Oqbuyra daryosi orqali o‘tuvchi piyodalar ko‘prigi ham vayron bo‘lgan edi.
Qulamasa hisobmas
Qulagan ko‘priklar:
21 may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida ham mahalla ichidan o‘tgan ko‘prik yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan. Mazkur ko‘prik 1974 yilda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, fuqarolar murojaatlariga qaramasdan 60 yil davomida ta’mirlanmay kelgan bo‘lgan.
20 may sanasida esa Andijon viloyati Andijon tumani Daryobo‘yi MFYda Qoradaryo ustidan o‘tgan ko‘prik qulagan. Bu ko‘prik ham ta’mirtalab bo‘lgan.
Joriy yilning 6 may kuni Qashqadaryo viloyatida Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryodagi sel ko‘prikni buzib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, holat Qashqadaryo daryosi uzan ustidan o‘tgan ko‘prikning asos poydevorini sel suvlari yuvishi sababli yuzaga kelgan. O‘shanda Chiroqchi tuman hokimligi ko‘prikni ta’mirlash ishlari boshlanganini xabar qilgan.
Millionlab sarflangan pullar qayerga ketgan?!
2023 yilning oktyabr oyida Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ko‘prik qulab tushgandi. Uning qurilishiga esa naqd yarim million AQSH dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Atigi 1,5 yilga bardosh bera olgan ko‘prikning yuqori plitalari ko‘p o‘tmay qulay boshlagan.
2023 yilning 16 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida joylashgan ko‘prik yaxshi qurilmagani sababli sinib, cho‘kib ketgan.
Hokimlik yo‘lning "Toshkent-Jizzax" yo‘nalishidagi qismida joylashgan ko‘prik oraliq qurilma balkalarining 5 tasida yoriq vujudga kelgani bilan vaziyatni tushuntirgan.
Jami ko‘priklar va ta’mirtalablari
2023-yilda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida O‘zbekistonda 14 863 ta ko‘prik borligi, shundan 32 foizi, ya’ni 4834 tasi qoniqarsiz, 5−6 foizi esa yaroqsiz holatda ekani aytilgandi.
Bunday ko‘priklar qulamasa yoki qurbonlar bo‘lmasa ta’mirlanmaydimi?!
Ta’mirlanganda ham millionlab dollarlarni sarf qilib, qo‘l uchida ta’mirlashdan nima foyda?!



