$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuchga kirgan qonun: Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

braslet

Vazirlar Mahkamasining “Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, elektron brasletlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llaniladi.

Brasletni oyog‘iga taqish imkoniyati mavjud bolmagan insonning qo‘liga taqishga ruxsat beriladi

Nizom:

Elektron braslet taqilishi belgilangan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari;

Elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini buzish uchun javobgarlik;

Elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yo‘qotilganda moddiy zararni undirish tartiblari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

Elektron brasletlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llaniladi.

Ma’lum qilinishicha, elektron braslet uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs oyog‘iga taqiladi. Shaxs oyog‘iga elektron brasletni taqish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda (suyak sinishi, boshqa jarohatlar bilan tibbiy muolaja ko‘rsatilgan va boshqalar) qo‘l qismiga taqilishiga ruxsat etiladi.

Elektron brasletni quyidagi shaxslarga qo‘llash mumkin emas:

18  yoshga to‘lmagan shaxslar;

Homilador ayollar;

3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar;

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

tibbiy ko‘rsatmaga ko‘ra elektron brasletni taqish tavsiya etilmaydigan shaxslar (implant qilingan kardiostimulyator o‘rnatilgan shaxslar, yuqumli teri kasalligi (allergo kontakt dermatit, teri zamburug‘i yoki qichima kasalligi) bo‘lgan shaxslar).

Braslet taqadigan insonning majburiyatlari

Elektron braslet qo‘llaniladigan shaxslar quyidagilarni:

elektron brasletni belgilangan vaqt ichida quvvatlab borishi;

elektron brasletni o‘zboshimchalik bilan yechmasligi;

elektron brasletga zarar yetkazish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirmasligi shart.