$
 12777.52
-54.29
 14590.65
-15.8
 161.54
-2.21
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonning eng qimmat brendi qaysi?

Brandlar

Buyuk Britaniyaning "Brand Finance" kompaniyasi O‘zbekistonning top-10 eng qimmat brendlari nomini e’lon qildi. 

"Brand Finance" kompaniyasi

O‘zbekistonning eng qimmat brendlarining birinchi ro‘yxati e’lon qilindi. Buyuk Britaniyaning "Brand Finance" kompaniyasi dunyodagi yetakchi brend konsalting kompaniyalaridan biri hisoblanadi. "Brand Finance" birinchi marotaba O‘zbekistondagi eng qimmat 10 ta brend nomini (kompaniyalar emas) e’lon qildi. 

Top-10 brendlar

Unga ko‘ra, "karvonboshilik"ni brendi 241 million dollarga baholangan "Uztelekom" egallagan. Ikkinchi o‘rinda “Sanoat qurilish bank”ka tegishli bo‘lib, brend 122 million dollarga baholangan. Uchinchi o‘rindan esa “Trastbank” joy olgan. Uning brend narxi 95 million dollar qiymatga ega. Shuningdek, ro‘yxatdan “Aloqa bank” (43 million dollar), “Uzum” (39 million dollar), “O‘zmilliybank” (36 million dollar), “Anor bank” (16 million dollar), “Farg‘onaazot” (7 million dollar), “Kofil sug‘urta” (6 million dollar) hamda “O‘zagrosug‘urta” (dollar) bor. 6 million dollar) birin-ketin ketma-ketlik asosida pog‘onalarni band etgan.

Ro‘yxat qanday tuzilgan?

O‘zbekistonda Innovatsion rivojlanish agentligi mavjud bo‘lib, u O‘zbekistonning Global innovatsiyalar indeksidagi o‘rnini yaxshilash bilan shug‘ullanadi. Ushbu ro‘yxat tuzib chiqilishi uchun agentlik tomonidan mamlakatdagi 20 ta kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planib, "Brand Finance"ga jo‘natilgan, shundan so‘ng Britaniya kompaniyasi nomzodlar ichidan eng yaxshi top-10 likni yaratgan. “Brand Finance” kompaniyasi brendlar bahosini “Royalty relief” metodologiyasidan foydalangan holda aniqlaydi. Mazkur uslub ma’lum bir brendni litsenziyalash uchun sarflanadigan mablag‘ning gipotetik miqdori, brend bilan bog‘liq daromadlarning prognozi va brenddan foydalanganlik uchun royalti to‘lovlari miqdori mezonlarini o‘z ichiga oladi.

Теги :
Iqtisodiyot