Botir Qodirov javobgarlikka tortildi
📍 Xonanda Botir Qodirov shoir Shamsiddin Sadoiyning (To‘rayev) mualliflik huquqlarini buzganlikda aybdor deb topildi.
1 daqiqa o‘qiladi

📍 Xonanda Botir Qodirov shoir Shamsiddin Sadoiyning (To‘rayev) mualliflik huquqlarini buzganlikda aybdor deb topildi.
– Sud qarori asosida, Qodirovga jami 132 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘lash majburiyati yuklatildi.
⚖️ Sud qarori:
– Qodirovga BHMning 300 barobari (ya’ni 112,5 million so‘m tovon puli) va 20 million so‘m ma’naviy zarar to‘lash belgilandi.
– Shuningdek, Qodirovga shoir muallifligidagi "Davlating borida", "Omonat" va "Tingla do‘stim" nomli qo‘shiqlarni efirga uzatish, internetga joylashtirish va istalgan platformalarda foydalanishni to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) topshirig‘i berildi.
📑 Sud ishining asosiy ma’lumotlari:
– Sud ishiga joriy yilning iyun oyida Shamsiddin To‘rayev tomonidan Uchtepa tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi asos bo‘lgan.
– To‘rayev arizada mualliflik huquqlari buzilganini ko‘rsatib, moddiy va ma’naviy zarar undirishni so‘ragan.
📚 Qonuniy jihat:
– Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, muallif huquqi buzilganda zararni qoplash o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon puli undirish huquqi mavjud.



