$
 12279.48
13.71
 14508.21
16.2
 159.25
0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Nega o‘zbekistonliklar Rossiyadan boshpana so‘rayapti?

Rossiya fuqaroligi

2025-yilda O‘zbekistonning 176 nafar fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘radi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Ukrainaliklar

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning 12 oyi davomida 3 332 nafar Ukraina fuqarosi Rossiyada ularga boshpana berish to‘g‘risida ariza topshirgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 390 kishiga kam bo‘lib, o‘sha yili Rossiyada boshpana so‘rab 3 722 nafar kishi murojaat qilgan edi. 2023-yilda esa 5 580 nafardan ortiq Ukraina fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘ragan. So‘nggi yillarda ukrainaliklar Rossiyada eng ko‘p boshpana so‘rab murojaat qilayotgan xorijiy fuqarolar bo‘lgan.

Kuchli beshlik

2025-yilda boshpana so‘rash bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Suriya fuqarolari qayd etilgan – 3 196 nafar. Uchinchi o‘rinda Afg‘oniston fuqarolari – 281 nafar. Shuningdek, kuchli beshlikka O‘zbekiston va Germaniya fuqarolari ham kirgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan 176 va Germaniyadan 129 nafar murojaatchi qayd etilgan.

Umuman olganda, 2025-yilda Rossiyada vaqtinchalik boshpana berish to‘g‘risida 8 220 nafar xorijiy fuqaro ariza topshirgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 1 341 kishiga ko‘p.

Bu maqom nima beradi?

Rossiyada bunday maqom shaxsga mamlakat hududida qonuniy yashash huquqini beradi. Shuningdek, u maxsus ruxsatnomalarsiz ishlashi va majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyada vaqtinchalik boshpana olgan shaxslar mamlakatga kirish va chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ta’lim olish hamda moddiy yordamdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bu maqom yashash uchun ruxsatnoma va Rossiya fuqaroligini olish yo‘lidagi birinchi qadam hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat