$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimlar eng kuchli yadro bombasini portlatmoqchi

Bomba

Rochester texnologiya instituti tadqiqotchi olimlari insoniyatni global isishdan qutqarish uchun eng kuchli yadro bombasini portlatmoqchi.

Loyiha rejasi

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning rejasi quyidagicha tus olishi kerak: quvvati 81 gigaton bo‘lgan yadroviy bomba (insoniyat yaratgan barcha portlovchi vositalardan 1620 baravar kuchli) portlashi okeanda 6-8 kilometr chuqurlikda bazaltni uvalaydi. Natijada u barcha CO₂ chiqitlarini "yutishi" va dahshatli jaziramani bir necha yuz yillarga surishi kerak. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha 10 milliard dollarga tushadi, biroq nazariy jihatdan u yuzlab trillion dollar zararning oldini olishi va asr oxiriga kelib, global isish oqibatida halok bo‘lishi mumkin bo‘lgan 30 million odam hayotini saqlab qoladi.

Bu usul sinovdan o'tganmi?

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, termoyadroviy portlashlar bazalt kabi silikat jinslarning nurashini tezlashtirishi mumkin. Bu jarayon karbonat angidridni o‘ziga biriktirib, uni atmosferadan chiqarib tashlaydi. Kichik miqyosda bunday usul allaqachon qo‘llanilmoqda: Braziliyada kompaniyalar, jumladan Google bazaltni maydalash va uni qishloq xo‘jaligi yerlariga tarqatish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirmoqda. Biroq olimlar fikricha, bunday choralar global ta’sir uchun kamlik qiladi.

Теги :
Jamiyat