So’nggi 8 oyda “my.gov.uz”dan 400 mingdan ziyod mehnatga layoqatsizlik varaqalari yuklab olingan
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuklab olishda erkaklar ayollarga nisbatan ko’proqni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich erkaklar salomatligiga ham alohida e’tibor qaratish kerakligini eslatadi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilda fuqarolar tomonidan “my.gov.uz” portali orqali jami 414 698 ta mehnatga layoqatsizlik varaqalari yuklab olindi.
“Bolnichniy”lar statistikasi
Eng ko’p kasallik varaqalari turli xastaliklar (335 465 ta) hamda homiladorlik va tug’ruq ta’tili (50 485 ta) munosabati bilan olingan.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuklab olishda erkaklar ayollarga nisbatan ko’proqni tashkil etgan:
58 458 nafar ayol
256 240 nafar erkak
Bu ko’rsatkich erkaklar salomatligiga ham alohida e’tibor qaratish kerakligini eslatadi.
Eng ko'p Toshkent shahridan yuklab olingan
Hududlar kesimida eng ko’p mehnatga layoqatsizlik varaqalarining yuklab olinishi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan (72 290 ta). Bu megapolis aholisi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’paytirish kerakligini anglatadi. Hududlar bo’yicha Toshkent viloyati (64 169) va Farg’ona viloyati (38 562) quyi o’rinda, eng kami esa Sirdaryo viloyatida (13 492 ta) yuklab olingan.



