Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingi yangilandi
Reytingdan 8 o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, ayni dam ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni taqdim qildi. Ushbu reytingdan 8 o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, ayni dam ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov esa Terens Kroufordga qarshi jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng uchinchi o‘ringa joylashgan.
Yangilangan reyting
- Hasanboy Do‘stmatov — (minimal vazn) o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);
- Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 5-o‘rin;
- Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 13-o‘rin (o‘tgan oyda ham xuddi shu o‘rin);
- Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 3-o‘rin (o‘tgan oyda vazn chempioni edi);
- Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 6-o‘rin (o‘tgan oy 5-o‘rinda edi).



