$
 12758.36
-19.76
 14820.11
-111.12
 163.34
-0.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekiston boks federatsiyasi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tarkibida qoladigan bo‘ldi

IBA

Xalqaro boks assotsiatsiyasi Osiyo boks konfederatsiyasi mamlakatlariga minnatdorchilik bildirdi. Tashkilot bu haqda o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

IBA bayonoti

IBA rasmiy saytida qayd etilishicha, xalqaro boks assotsiatsiyasi Osiyo boks konfederatsiyasi delegatlarining IBA’da qolish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. “Bu qaror IBA’ning butun dunyo bo‘ylab boks rivoji yo‘lida qilgan mehnatini, IBA boks oilasi birdamligi uchun qilgan ishlarini ko‘rsatib berdi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, tashkilot Milliy Olimpiya qo‘mitalar o‘z federatsiyalariga tashkilot tarkibidan chiqish borasida bosim bo‘lishi mumkinligini to‘g‘ri tushunadi, deya ular shunchaki o‘z sportchilarini IBA taqdim etadigan imkoniyatlardan mahrum qilishayotganini ta’kidlaydi.

WBO bilan aloqalar

“IBA Milliy federatsiyalarni qaror qabul qilishda ehtiyotkorlikka chorlaydi, chunki agar federatsiya ketishga qaror qilsa, qaytish imkoni bo‘lmaydi”, deyiladi tashkilot rasmiy saytidagi bayonotda. Avvalroq Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boks World Boxing bilan muzokaralar olib borilayotganini ta’kidlagan edi.

“World Boxing bilan muzokaralar olib borilmoqda. Boks federatsiyasi qaysi tashkilot bo‘lsa ham, bo‘yniga olib, ishonch bildirsa, tan olinsa, jarayonlardan o‘tsa, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ishonchini oqlasa, unga ko‘chib o‘tishi mumkin”, — degan edi Oybek Kasimov.

IBA to pay prize money to boxing Olympians based on their Paris 2024  placings – IBA

XOQ va IBA munosabatlari

Iyul oyida XOQ Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olishni bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi. IBA tashkilotiga alternativ sifatida tashkil qilingan World Boxing tashkilotiga a’zolari soni 42 taga yetgan. XOQ tomonidan tan olinishi uchun esa tashkilot a’zolar soni uch mintaqadan kamida 50 ta davlatdan oshishi lozim. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi mamlakat milliy federatsiyasi IBA’ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berib o‘tgandi:

“Bunday masalalarni hal qilish men uchun emas, men jamoa bosh murabbiyiman. Buni federatsiyamiz hal qiladi. Bu haqda hech narsa deya olmayman. Men bokschilarni shug‘ullantiraman. Rahbariyatimiz qaysi musobaqa uchun tayyorlan desa, shunday qilaman”, degandi To‘lqin Qilichev.

Ma’lumot uchun, tashkilot XOQ tomonidan tan olinsa, a’zolar 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.