$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Men oxirigacha munosib jang qildim va g‘alaba qozondim deb o‘ylayman — Isroil Madrimov

Madrimov

Bugun tongda Los-Anjelesdagi "BMO Stadium"da katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov uchta vazn toifasida jahon chempioni, vazn toifasidan qat’i nazar P4P reytingi yetakchisi, amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Tarixiy jang

12 raund davom etgan jangda bokschimiz yakunda Terens Kroufordga ochkolar evaziga (112:116, 113:115, 113:115) mag‘lub bo‘ldi. Bu orqali Krouford WBA kamarini qo‘ldan chiqardi. Ushbu natija Isroil Madrimovning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatidir. Bokschimiz Isroil Madrimov Terens Kroufdordga qarshi jangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. "U deyarli barcha janglarni nokaut bilan yutgan. Men oxirigacha munosib jang qildim va g‘alaba qozondim deb o‘ylayman. Men revansh istayman. Janob Turki al Shayhdan revansh tashkil etishni istayman. Men jangni nazorat qildim va buni barcha ko‘rdi. Bundan buyon ham shu tempda ishtirok etishga harakat qilaman. To‘g‘ri, u dunyoning eng zo‘r bokschisi. Men esa 10 ta jang o‘tkazganman. Lekin, munosib jang qildim deb o‘ylayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat", deydi Madrimov. 

"Ochkolar bunday emasdi"

Mashhur promouterlardan biri Eddi Xirn Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "Ochkolar bunday emasdi. Chempiondan kamarni tortib olish uchun bundan ham ko‘proq ish qilish kerak edi. Ochkolar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Isroil Madrimov juda yaxshi harakat qildi. Bu jangda g‘olib chiqish uchun u yetarlicha ish bajargandi. Chempion Madrimov bundan ko‘prog‘iga loyiq edi. Bundan jangda 116:112 ochkolari - boks uchun sharmandalik", - dedi Eddi Xirn.