$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2023-yil davomida 19 093 ta korxona bojxona imtiyozlaridan foydalangan

soliq va bojxona

Qator tashkilotlarning 2023-yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanganligi holatlari tahlil qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ro‘yxat Soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.

 Jami 57 379 mlrd. so‘m imtiyoz summasi qoʻllanilgan

Bojxona imtiyozlaridan (bojxoni yig‘imi, boji, aksiz va qo‘shilga qiymat solig‘i) 2023-yil davomida 19 093 ta korxona foydalangan bo‘lib, qo‘llanilgan jami imtiyoz summasi 57 379 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Shu jumladan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar bo‘yicha qo‘llanilgan bojxona imtiyozlari 10 391,5 mlrd. so‘mni, chet el vakolatxonalari va personallari tomonidan foydalanilgan imtiyozlar 161,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Top-5 

Eng ko‘p bojxona imtiyozidan foydalangan tashkilotlar beshtaligi esa quyidagicha:

“Uzbekistan Airways” AJ — 1 mlrd. 349 mln. so‘m;

“Toshshahartransxizmat” AJ — 1 mlrd. 112,9 mln so‘m;

“Hamkorbank” ATB — 984 mln. so‘m;

“UzGasTrade” AJ — 886,3 mln. so‘m;

“ENTER Engineering PTE Ltd” — 860,3 mln. so‘m.

134 504 ta tashkilot soliq imtiyozlaridan foydalangan

2023-yil davomida jami 134 504 ta tashkilot soliq imtiyozlaridan foydalangan va ularga qo‘llanilgan jami imtiyoz summasi 69,7 trln. so‘mni, xususan, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan 690 ta tashkilot tomonidan qo‘llanilgan imtiyozlar 24,7 trln. so‘mni tashkil etgan.

Shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan nol stavka bo‘yicha qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 28,6 trln. so‘mni tashkil etgan.

100 mlrd. so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalangan korxonalar soni esa 72 tani tashkil qilgan.

Eng ko‘p soliq imtiyozlaridan foydalangan korxonalar “beshtaligi” esa:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 8 trln. 296,8 mlrd. so‘m;

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 2 trln. 777,3 mlrd. so‘m;

TIF “O‘zmilliybank” AJ — 2 trln. 546,5 mlrd. so‘m;

“Uzbekistan Airways” AJ — 1 trln. 684,5 mlrd. so‘m;

“Kapitalbank” ATB — 1 trln. 415,2 mlrd. so‘m.

Bir vaqtda ham soliq, ham bojxona imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar 

Shuningdek, soliq imtiyozlaridan, “UzAuto Motors” AJ (824,6 mlrd. so‘m), “Uzbekistan GTL” MChJ (124,2 mlrd. so‘m), “Artel electronics manufacturing” MChJ (121,9 mlrd. so‘m), ADM Jizzakh (111,2 mlrd. so‘m), “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ QK (110,2 mlrd. so‘m), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (108,8 mlrd. so‘m) hamda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ (103 mlrd. so‘m) kabi korxona va tashkilotlar ham foydalangan.

Umumiy qo‘llanilgan imtiyozlar summasi 50 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida ham soliq, ham bojxona imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni 4 447 ta bo‘lib, qo‘llanilgan imtiyoz summasi 105,6 trln. so‘mni tashkil etgan.