$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlar uchun vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish narxi 8 barobar oshirilishi mumkin

Rossiya fuqaroligi

Rossiya Davlat Dumasi kelasi hafta chet el fuqarolari uchun davlat bojlarini bir necha barobar oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ko‘rib chiqadi.

Quyi palata spikeri Vyacheslav Volodinning ma’lum qilishicha, Rossiya fuqaroligini olish uchun to‘lov 12 baravar — 4 200 rubldan 50 ming rublgacha oshadi. Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma 8 baravar — 1920 rubldan 15 ming rublgacha, yashash guvohnomasi esa 5 baravar — 6 mingdan 30 ming rublgacha qimmatlaydi.

Bundan tashqari, xorijiy ishchilarni jalb qilishga ruxsatnoma berish uchun bojni har bir mutaxassis uchun 15 ming rublgacha oshirish taklif qilinmoqda.

Gʻaznaga foyda

Yangiliklarning federal g‘aznaga umumiy ta’siri yiliga 15 milliard rublga baholanmoqda. Volodin so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihalari migratsiya sohasida “tartib o‘rnatishga yordam beradi”.

Moliyaviy talablardan tashqari, Davlat Dumasi spikeri chet elliklar uchun Rossiyada bo‘lish shartlari - tilni bilish, qonunchilikka rioya qilish va “an’analar, tarix va madaniyat”ni hurmat qilishni eslatdi.

Теги :
Jamiyat