$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

AQSh yana BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashidan chiqmoqchi

UN

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 4-fevral kuni AQSHning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashidan chiqishi toʻgʻrisidagi farmonni imzolashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, u BMTning Falastin qochqinlariga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Yaqin Sharq agentligini (BAPOR) moliyalashtirishni taqiqlamoqchi, deb yozmoqda Politico nashri.

Nashrning aniqlik kiritishicha, qaror Tramp Vashington shahrida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirgan kuni qabul qilinadi.

AQSh BMTni ayblamoqda

AQSH allaqachon BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashini Isroilga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlganlikda ayblab keladi. Politico tomonidan olingan axborot byulletenida Oq uy Kengash “oʻz vazifasini bajarmagani va inson huquqlarining dahshatli buzilishlarini sodir etayotgan mamlakatlarni himoya qilish uchun foydalanishda davom etayotganini” taʼkidlaydi.

Tramp oldin ham bu qarorni qabul qilgan

Avvalroq Bayden maʼmuriyati agentlik xodimlarining 7-oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorligi haqidagi xabarlardan soʻng BAPORni moliyalashtirishni toʻxtatgandi.

2018-yilda, Trampning avvalgi prezidentlik davrida ham AQSH BMT Inson huquqlari kengashidan chiqqanini eʼlon qilgan edi, biroq 2021-yilda Jo Bayden davrida mamlakat kengashga qayta a’zo bo‘lgan.

Tramp JSSTdan ham chiqishni e’lon qilgan

Shuningdek, 21-yanvar kuni Tramp AQSHning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan (JSST) chiqishini eʼlon qildi. Trampning bunday rejalari uning inauguratsiyasidan oldin ham maʼlum qilingan.

OAV AQSH JSSTning eng yirik donori ekanligini va tashkilotdan chiqish uning uchun “halokatli” oqibatlarga olib kelishini, chunki u asosiy moliyalashtirish manbaidan mahrum boʻlishini eslatib oʻtdi.

Bundan tashqari, yanvar oyida Tramp AQSHning Parij bitimidan chiqishi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu qaror ikkinchi marta qabul qilinib, 2020-yil noyabr oyida AQSH Parij kelishuvidan chiqdi, ammo 2021-yilda Bayden bu qarorni bekor qildi.

Теги :
Jamiyat