$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

AQSh BMTdan ham chiqishni rejalashtiryapti

AQSh va BMT

AQShning respublikachi senatorlari mamlakatning BMTdan chiqishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Hujjat mualliflaridan biri boʻlgan yutalik senator Mayk Lining rasmiy saytida ushbu tashabbus eʼlon qilindi.

Tashkilotni moliyalashtirish butunlay to‘xtatiladi

Qonun loyihasida tashkilot va uning tuzilmalarini moliyalashtirishni butunlay toʻxtatish haqida soʻz boradi. Senatorlar Marsha Blekbern (Tennessi) va Rik Skott (Florida) loyihaga hammualliflik qildi.

Loyihaga koʻra, AQSH nafaqat BMTga pul oʻtkazmalarini toʻxtatishi, balki Senatning roziligisiz tashkilotga qaytishni taqiqlashi, shuningdek, tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etishdan bosh tortishi kerak.

“BMT zolimlar uchun platformaga aylangan”

Lining taʼkidlashicha, qonun loyihasining ishlab chiqilishi "koʻp yillik nazoratsiz byurokratik ekspansiya va amerikalik soliq toʻlovchilar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan BMTning moliyaviy suiisteʼmolliklariga" javobdir.

“BMT zolimlar uchun platformaga, Amerika va uning ittifoqchilariga hujum qilish maydoniga aylangan. Endi bunga pul toʻlashni toʻxtatishimiz kerak. Prezident Tramp tashqi siyosatimizda inqilob qilayotgan vaqtda Amerikani birinchi oʻringa qoʻyib, biz ham bu soxta tashkilotdan chiqib, mamlakatimiz xavfsizligi va farovonligini taʼminlaydigan haqiqiy ittifoqlarga ustuvorlik berishimiz zarur”, – dedi Li Fox News telekanaliga bergan intervyusida

BMT moliyaviy sarmoyalarni oqlamayapti

Chip Roy ushbu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlab, BMT koʻp yillar davomida urushlar, genotsid aktlari, inson huquqlari buzilishi va hatto epidemiyalarning oldini olish uchun katta moliyaviy sarmoya kiritganiga qaramay, kutilgan natijalarga erisha olmaganini taʼkidladi.

Fox News Xalqaro munosabatlar kengashiga (CFR) tayanib xabar berishicha, 2022-yilda Oq uy BMT budjetiga $18 milliarddan ortiq mablagʻ ajratgan boʻlib, bu tashkilotning barcha xarajatlarining qariyb uchdan bir qismini tashkil etgan.

Bundan avval, AQSh BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqishini e'lon qilgan edi.

Теги :
Jamiyat