$
 11952.24
-52.17
 13963.80
-165.39
 147.81
-5.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektrsiz qolgan Berlin: Germaniyadagi yirik blekaut uyushtirilganmi?

Berlindagi blekaut

Germaniya poytaxti Berlinning janubi-g‘arbida joylashgan Lixterfelde elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida shaharda keng ko‘lamli elektr ta’minoti uzilishi yuzaga keldi.

Elektr va issiqlik ta’minotisiz qolgan Berlin

3-yanvar tongida yuz bergan yong‘in sababli 45 mingga yaqin xonadon hamda qariyb ikki mingta korxona elektr va issiqlik ta’minotisiz qoldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuniga kelib taxminan 10 ming uy-joy qayta elektr tarmog‘iga ulangan. Biroq barcha abonentlar uchun elektr ta’minoti 8-yanvargacha to‘liq tiklanishi rejalashtirilgan.

Qasddan uyushtirilgan yong‘in

Berlin hokimiyati mazkur voqeani qasddan amalga oshirilgan yong‘in deb baholamoqda. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, Teltov kanali ustidan o‘tgan kabelli ko‘prikka yondiruvchi qurilmalar o‘rnatilgan. Yong‘in natijasida yuqori va o‘rta kuchlanishli bir nechta elektr kabellari jiddiy shikastlangan yoki butunlay yo‘q qilingan.

Javobgarlikni kim o‘z zimmasiga oldi

Hodisadan ko‘p o‘tmay, chap radikal anarxistik “Vulkan” (Vulkangruppe) guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Guruh tomonidan politsiyaga yuborilgan maktub haqiqiy deb topilgan.

Guruh bayonoti va hujum maqsadi

“Vulkan” guruhi bayonotida sodir etilgan harakatni muvaffaqiyatli diversiya deb atab, buni Yerni va hayotni himoya qilayotgan insonlar bilan xalqaro birdamlik ifodasi ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, hujumning asosiy maqsadi aholini elektrsiz qoldirish emas, balki yoqilg‘i sanoatiga zarar yetkazish bo‘lganini bildirgan.

Aholiga munosabat

Guruh janubi-g‘arbiy Berlindagi kam ta’minlangan aholidan uzr so‘ragan, biroq bayonotda bu uzr hududdagi ko‘plab villa egalariga taalluqli emasligi ham qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Vulkan” guruhi so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt davomida Berlin infratuzilmasiga qarshi turli hujumlarni amalga oshirib keladi.

Теги :
Jamiyat