$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2025–2027-yillar uchun “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi

yoshlar

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Aloqabank “yoshlar banki” etib belgilanmoqda

Qarorga ko‘ra, 2025–2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:

dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;

yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;

zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

Yosh tadbirkorlarga mikroqarzlar beriladi

“Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln. so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.

“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd. so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.

“Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi

Qaror bilan unda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash instrumentlaridan foydalangan tadbirkorlarning hisobvaraqlariga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

2025-yil 1-aprelgacha “Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi.

Quyidagilar amalga oshiriladi:

2025-yil 1-martgacha AT “Aloqabank”ning hududlarda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirishga hamda moliyalashtirishga ko‘maklashish (“Startaplar”) loyihasi respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi va loyihaning hududlardagi bo‘linmalari malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi;

2025-yil 1-apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun”lari tashkil etiladi hamda hududdagi OTMlar bilan hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2025-yil yakunigacha:

akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan startaplar soni 200 taga yetkaziladi;

Hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinadi

hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muvaffaqiyatli tadbirkor darajasigacha rivojlanishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi, jumladan ularga tayyor ofislar ijaraga beriladi, buxgalteriya, marketing, eksport bozorlariga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.