Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +10°

Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan bitiruvchilar ham davlat tilidan imtihon topshiradi

2025-yildan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihoni majburiy bo‘ladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan bitiruvchilar ham davlat tilidan imtihon topshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘iga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Davlat tilida imtihon topshirish majburiy

Unga ko‘ra, bitiruvchilar uchun imtihon topshiriladigan fanlar ro‘yxati va ularning shakllari tasdiqlandi. Muhim o‘zgarishlardan biri shundaki, 2025-yildan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan yakuniy imtihon topshirishi shart bo‘ladi.

9-sinf o‘quvchilari uchun imtihon tartibi

9-sinf o‘quvchilari quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

— Ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) – yozma

— Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) – yozma

— Matematika – yozma

— O‘zbekiston tarixi – yozma yoki og‘zaki

— Jismoniy tarbiya – amaliy shaklda

11-sinf o‘quvchilari uchun

11-sinf o‘quvchilari uchun attestatsiya quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

— Ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) – yozma

— Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) – yozma

— Matematika (Asosiy) yoki Matematika (Chuqurlashtirilgan) – yozma

— Tarix – yozma

Tanlov fanlari

Shuningdek, o‘quvchilar quyidagi fanlardan o‘z tanloviga ko‘ra yozma imtihon topshirishi mumkin:

— Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tillarida ta’lim olganlar uchun)

— Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya

— Chet tili – yozma yoki og‘zaki shakldaTa’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan bitiruvchilar ham davlat tilidan imtihon topshiradi.