$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Malayziya bojxona, ta’lim, sog‘liqni saqlash va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

Mirziyoyev Malayziyada

Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Qanday hujjatlar qabul qilindi?

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

- Mahsulotlarning "halol" standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;

- Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- 2025-2026 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.

Muzokaralardan song, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur shahrida qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar.

Avvalroq, Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat