$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda birja savdolariga oid qonunbuzilish holatlari ortdi

birja

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 2024-yilning 9 oyligida 126 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi boʻyicha 119 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Natijada asossiz olingan 53,0 mlrd. soʻmlik pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birga, 69 ta xoʻjalik yurituvchi subyektga "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonunning 42-moddasiga asosan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanilgan.

Asossiz olingan 750,1 mln. soʻm hamda 20 949,3 mln. soʻm miqdoridagi pullar

750,1 mln. soʻm miqdorida sement va poʻlat shar ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan asossiz daromad olinganligi aniqlandi. Ularga nisbatan qonunchilik talablarini buzganligi uchun belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

Kimyosanoat yoʻnalishida mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan jami 20 949,3 mln. soʻm miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlangan.

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sohasida 100 taga yaqin holatda jami 53 006,5 mln. soʻm daromad olganlarga qonunchilik talablarini buzganligi uchun belgilangan tartibda jarimalar qoʻllanilgan.

Birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilishi holatlari ortgan

Solishtirish uchun, 2023-yilda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilishi bilan bogʻliq 76 ta holat aniqlangan. Shuningdek, 67 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib asossiz olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.

2024-yilning oʻtgan davrida esa birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilishi bilan bogʻliq 126 ta holat aniqlandi. 119 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib asossiz olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.