$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

“Amirxon reklama qiladigan dori bor-u”

Amirxon

Aholi biologik faol qo‘shimchali mahsulotlar reklamasida taniqli shaxslarni ko‘rib, ushbu dori vositalariga ishonch bildiradi va foydalanadi. Ba’zida esa bu hol salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.Aynan shu mavzu doirasida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari biologik faol qo‘shimchali mahsulotlar reklamasiga taniqli shaxslarni jalb qilish bilan bog‘liq muammolar va bu borada xorij tajribasini o‘rgandi.

7,9 foizga o‘sish prognozi

2022-yilda global biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) bozori 167,9 mlrd. AQSh dollariga baholangan. Olimlar tomonidan ushbu ko‘rsatkich 2030-yilga borib, yillik 7,9 foiz o‘sish sur’ati bilan 301,4 mlrd. AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda.

O‘sish sabablari 

BFQ iste’molining o‘sishiga asosan internet va boshqa ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar sabab bo‘lib, tomoshabinlar ularda ishtirok etgan taniqli shaxslarni moddiy jihatdan mafaatdor bo‘lmagan xolis maslahatchi sifatida qabul qiladi.

Hindiston tadqiqoti

Hindistonlik tadqiqotchilarning multivitaminli qo‘shimchalardan foydalanish borasida taniqli kishilarning tavsiyasi odamlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida o‘tkazgan so‘rovi respondentlarning 65 foizi mazkur mahsulot brendlari haqida gapirgan mashhur kishilarga ishonishini ko‘rsatdi. 

Salomatlikka 23 foiz noaniq ta’sir

Simmon universiteti tadqiqotchilari 88 ta nashrdagi 238 ta ma’lumotni o‘z ichiga olgan BFQ reklamalarini o‘rganib chiqqach, ularining salomatlikka ijobiy ta’siri haqida aytilgan ta’kidlarning 15 foizi aniq, 23 foizi noaniq, 3 foizi noto‘g‘ri, 5 foizi qisman aniq va 55 foizi asossiz ekanligi aniqladi. 

AQShdagi tez yordamga murojaatning 23 mingtasi BFQ iste’moli bilan bog‘liq

Har yili AQShda tez tibbiy yordam bo‘limiga qilingan murojaatlarning kamida 23000 tasi BFQ dan foydalanish bilan bog‘liq. Shikoyatlarning aksariyatida yurakning tez urishi, ko‘krakda og‘riqning paydo bo‘lishi va yutish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani ta'kidlangan.

Aksariyat hollarda esa aholining reklama ta’siriga moyil qatlamlari, ya'ni keksalar va voyaga yetmaganlar BFQ tijoratchilarining maqsadli auditoriysi bo‘lib qolmoqda.