$
 12097.33
-31.13
 14233.72
-70.59
 160.53
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

“Mayda bezorilik” davri tugayapti Endi jazo yanada og‘ir bo‘ladi

bezorilik

14-aprel kuni Oliy Majlisda bezorilik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilindi. Unda ayrim og‘ir holatlar uchun 10 yilgacha qamoq jazosi belgilash taklif qilindi. Deputatlar amaldagi yengil jazolar sabab ayrim bezorilik holatlari jiddiy baholanmayotganini va bu jazosizlik kayfiyatini keltirib chiqarayotganini aytdi. 

Xo‘sh, yangi qonun bilan yana nimalarga o‘zgartirish kiritilmoqda?

Bezorilik uchun jazo keskin kuchayadi

Qonun loyihasiga ko‘ra, bezorilik jinoyati uchun jazolar ancha og‘irlashtiriladi. Ayniqsa, jinoyat bir guruh odamlar tomonidan sodir etilsa, qurol ishlatilsa yoki jamoat tartibini saqlayotgan xodimlarga qarshilik ko‘rsatilsa, jazo yanada qattiq bo‘ladi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 277-moddasiga yangi qism qo‘shilishi taklif qilinmoqda. Endi uyushgan guruh tomonidan yoki odamga og‘ir tan jarohati yetkazib sodir etilgan bezorilik uchun 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin. Hozirda esa bunday holatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha jazo beriladi.

Jinoiy guruhlarga qarshi yangi choralar

Qonun loyihasida jinoiy guruhlar bilan bog‘liq boshqa masalalar ham qamrab olingan. Masalan, mansabidan foydalanib bunday guruhlarga yordam berganlarga ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.

Bundan tashqari, jinoiy guruhni moliyalashtirgan shaxslar muddatidan oldin ozod qilinmasligi rejalashtirilmoqda. Ammo agar ular o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga yordam bersa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Yana bir o‘zgarish — noqonuniy jangovar sport musobaqalarini o‘tkazganlik uchun ham jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Qonun loyihasi hozircha birinchi o‘qishda qabul qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda uchta MMA va shunga o‘xshash musobaqalar noqonuniy tarzda o‘tkazilgan.

Теги :
Jamiyat