$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Benzin ovi boshlandi

Benzin

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bu gapli yirik “ovi” benzinning noqonuniy savdosi hamda muomalaga chiqishi bo‘ldi. Unga ko‘ra, respublikaning turli hududlaridagi reyd tadbirlari natijasida 20 ming litrdan ortiq turli markalardagi benzinning noqonuniy savdosi aniqlangan. Ularning orasida noqonuniy ravishda benzin sotgani yetmaganidek, sifati past markali benzinni sifatli markali benzin sifatida sotganlari ham yo’q emas.

Hududlar kesimi

Nukus. Unga ko‘ra, Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. Nukus shahri Moychilar ko‘chasidagi o‘z xonadonida “yama” tashkil etib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, jami 4 140 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent shahri. Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 13 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Ai-80”, “AI-95”, “ AI-92” markali benzin yoqilg‘isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 5,6 tonna benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Navoiy. Shuningdek, Navoiyning Zarafshon shahar, Tomdi va Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Zil” rusumli yoqilg‘i tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini Karmana tumanida qo‘lda qimmat narxlarda o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 2 774 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent viloyati. Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 7 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 721 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qashqadaryo. Qashqadaryoning Qarshi shahri, Koson, Kasbi, Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida ham o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 6 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 624 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Farg‘ona. Ushbu viloyatning hududlarida esa 26 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 5 626 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Surxondaryo va Andijon. Departament Surxondaryo va Andijon viloyati boshqarmalari hududiy bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 23 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 076 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

 Sirdaryo va Samarqand. Xuddi shunday, Sirdaryo va Samarqand viloyatida ham 12 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda “Ai-80” va “Ai-92” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 695 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Bularning barchasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.